

"U bu jamoani yaxshi ko'radi, biz uni sevamiz, u biz bilan qolishini istaymiz va shunday bo'lib qoladi. Bu futbolchi transferga ham qo'yilmaydi.
U a'lo darajadagi futbolchi, muxlislar uni hech qachon yoddan chiqarmaydi. David bizga sovrinlar yutishda ko'mak beradi.
Transferlar bozorida darvozabonlarning holatidan mamnunman. Endi unga xaridor yo'q. Shu boisdan De Xea jamoa bilan yangi shartnoma imzolaydi", - dedi Mourinyo.
Oldinroq ispaniyalik posbon MYU bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolashi borasida ma'lumotlar tarqagandi.



