Mourino: “CHerchesov o'zining yaxshi jihatlarini ko'rsata oldi”
15 iyu 2018 00:43
Yangiliklar
Mourino: “CHerchesov o'zining yaxshi jihatlarini ko'rsata oldi”
“CHerchesov bugun o'zining yaxshi jihatlarini namoyish eta oldi. Men uning o'rnida bo'lib ko'rmaganman. Ammo ishonchim komilki, JCHga mezbonlik qilayotgan terma jamoaning bosh murabbiyi bo'lish bu katta javobgarlik. Unga o'yin paytida muhim qarorlarni qabul qilishga to'g'ri keldi. Raqibga qarshi munosib tarkibni maydonga tushirdi va o'yin vaqtida to'g'ri o'yinchi almashtirishni amalga oshirdi. Bu o'zgarishlar o'zini oqladi. U maydonni alo kayfiyatda tark etdi. CHerchesovning tajribasi oshib borayotgani ko'rinib turibdi. Ammo bu hali Saudiya Arabistoni. Misr kuchliroq, Urugvay undanda kuchliroq o'ynaydi. SHu bois bugun g'alabani nishonlab, ertadan yanada yaxshiroq bo'lish uchun mehnat qilishda davom etish lozim”, dedi Mourino RT kanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar