Mourinyo: "Chelsi" mavsumni turnir jadvali o'rtasida yakunlasa ham haydalmayman"

Aslanov Jasurbek
17 okt 2015, 13:45
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo klub rahbariyati uni 2007 yildagi kabi haydab yubormasligiga ishonadi.

Premer-liganing 8-turidan so'ng Angliyaning amaldagi chempioni turnir jadvalida 16-o'rinni egallab turibdi.

"Agar "Chelsi" mavsumni turnir jadvalining o'rtasida yakunlasi o'z vazifamda qolamanmi? Ha. Rahbariyat meni qo'llab-quvvatlashda davom etyapti va bu muhim. Ikki-uch oydan so'ng vaziyatni to'g'irlanishini bilamiz, ammo hozirgi joyimiz biz xohlagandan uzoqda. Bizga ochko kerak. "Chelsi" nega men bilan shartnomani uzaytirganini bilaman. Avvalgi kelishuv 2 yildan so'ng tugashi kerak edi. Vaziyatni tushunib turibman" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail