Mourino: "Bavariya" ustidan qozonilgan g'alaba "Liverpul"ga APLda yordam berishi mumkin"
24 mar 2019 21:50
Yangiliklar


Mourino: "Bavariya" ustidan qozonilgan g'alaba "Liverpul"ga APLda yordam berishi mumkin"
MYUning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino "Liverpul" va Yurgen Klopp haqida iliq fikrlar bildirdi.
"Men "Liverpul"ni kuzatyapman. Ular APLda ochkolar yo'qota boshlashdi, keyin esa ECHLda mavsumning eng zo'r o'yinini ko'rsatishdi. Ular meni hayron qoldira olishdi. Balki bunday natija jamoaga APLda ruxiy tomonlama yordam berishi mumkin.
O'ylaymanki, Klopp o'z futbolchilariga chempionlik poygasi hali yakunlanmaganini tushuntiradi va ularni ishontira oladi. "Siti" hali chempion bo'lgani yo'q", - dedi Mourino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar