So’nggi yangiliklar

14:23"Челси" "Арсенал"га йирик ҳисобда имконият бой берилгач, Почеттинони ишдан ҳайдаши мумкин  1 14:08Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистонига қарши кечадиган баҳс олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  8 13:56"Манчестер Юнайтед" Марсьялнинг нархини эълон қилди  3 13:32Гвардиола Канселунинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 13:05"Шеффилд Юнайтед" АПЛ антирекордини ўрнатди  0 12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   7 12:04"Челси" скаутлари "Милан дерби"сини стадиондан кузатишган  1 11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  9 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  11 10:25«Барселона» вице-президенти Хавининг келажаги борасида расмий баёнот берди  14 10:06Хосе Венансио Лопес: «Эрон билан ўйинга тайёргарлик кўрмадик»  12 09:47Фалакнинг гардиши (Бекзод Толибов блоги)  6 09:22«Челси» Почеттинонинг ўрнига бош мураббий топди  6 08:57«Атлетик» афсонаси Икер Муниаин ёзда жамоадан кетишини маълум қилди  5

Mourino APLga qaytdi! Endi buyog'i anchagina qiziq bo'ladi Yangiliklar

Mourino APLga qaytdi! Endi buyog'i anchagina qiziq bo'ladi

Angliya jurnalistlari taxminan 1 haftadan buyon Mourinoning "Tottenxem"da ish boshlashini gapirishayotgandi.

"Tottenxem" ham uzoq kutib o'tirmadi. Barcha mish-mishlar haqiqatga olib bordi va Mourinoning tayinlanuvi elon qilindi.

"Tottenxem" Pochettinoni ECHL finaliga olib chiqqan murabbiy emas, jamoani 14-o'ringa tushirib yuborgan murabbiy sifatida ishdan bo'shatdi. Umuman olganda, mantiqan to'g'ri qaror.

Xo'sh, APLning 3 karra chempioni Londonning hozirgi paytdagi ham qahramoni "Tottenxem"ga nimalar bera olishi mumkin? Keling, bu borada biroz fikr yuritamiz.

G'OLIBLIK RUHI

Yaxshi ko'rasizmi yoki nafratlanasizmi, baribir Mourino g'alaba qozonish yo'llarini biladi. Portugaliyalik mutaxassis "Portu"da o'z nomini tanitganidan beri 25ta sovrinni qo'lga kiritdi.

"Portu", "CHelsi", "Inter" va "Real" kabi jamoalar bilan u sovrinlarga seriyali tarzda ega chiqaverdi. "Neradzurri"lar bilan trebl qayd etgandi. Unchalik kuchli bo'lmagan jamoalar bilan ikki bora ECHL g'olibligiga erishdi.

London jamoasi bilan chempionlik, "Yunayted" bilan esa Evropa ligasi, Angliya Kubogi va Superkubogi kabi sovrinlarni qo'lga kiritdi. Qayd etish kerak, u ushbu sovrinlarni Angliyaning turli jamoalari bilan ega chiqqan ilk murabbiyga aylandi.

TAJRIBA

Mourinoning futbolchilik faoliyati juda yomon o'tgan. Endi esa 19 yillik murabbiylik faoliyati davomida o'zi futbolchilikda qilmagan tajribalarni amalga oshirdi. Mislsiz to'plangan tajribalar esa uni dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biriga aylantirdi.

Aslida, undagi qatiyat, futboldagi o'ziga hos qarashlariga ega bo'lishi va boshqalardan "ko'chirmakash"lik qilmagani ham uni mashhurlik tomon etakladi. Futbolda Ronaldu bo'lsa, murabbiylikda Mourino.

Uning murabbiylikdagi ilk qadamlari "Benfika" va "Leyriya"da tashlangandi. Keyingi ilk katta qadam esa "Portu"da bo'ldi. "CHelsi", "Inter", "Real" va "Yunayted"da ishlash uchun esa shunchaki daxshatli murabbiy bo'lish kerak. 4 dekabrda u boshchiligidagi "Tottenxem" sobiq jamoasi "Manchester Yunayted" bilan o'ynaydi. Bunga ham oz vaqt qolmoqda.

U barcha jamoalar bilan yuqori natijalarga erishdi. Uning faoliyatiga nazar tashlaydigan bo'lsak, juda ko'plab muhim o'yinlarda qatnashdi: ECHL finallari, Londonning birinchisi bo'lish uchun kurash, Milan va Manchester derbilari, "El Klasiko" va "Derby d'Italia". Olingan katta tajriba "Tottenxem"da ham asqotishi shubxasiz.

HIMOYADAGI BARQARORLIK

Ekspertlar va muxlislar so'nggi yillarda Mourinoning uslubi, himoyadagi nomutanosiblik va avtobusning qo'yilishi tufayli kulishayotgandi. Biroq Mourinoning uslubi anchagina omadli bo'lib chiqmoqda. "CHelsi"dagi Jon Terri va Rikardo Karvalyu, "Inter"dagi Lusio va Valter Samyuel yoki "Real"dagi Serxio Ramos va Pepe tandemi doimo murabbiyning asosiy qurollaridan biriga aylangandi.

Mourinoning "CHelsi"dagi 2004/05 yilgi mavsumdagi himoyaviy o'yini hali ham muxlislarning yodida. Jamoa 38 o'yinda atigi 15 gol qo'yib yubordi va bir bora mag'lub etildi. Keyingi mavsumda esa 22 gol qo'yib yuborildi. Mourinoning "Inter"i esa o'z tarixida bir chempionatda o'z darvozasidan eng kam gol olib chiqqan mavsumga aylandi - 34 gol. 2011-12 yillari u boshqargan "Real" miks uslubda harakat qildi va bir mavsumning o'zida 121 gol kiritdi va 32tagina gol qo'yib yubordi. SHu orqali jamoa "Barselona"ning gegemonligiga bir mavsum barxam bera oldi.

Endi esa u Yan Vertongen, Tobi Alderveyrld hamda Devinson Sanches kabi variantlardan foydalanishi mumkin. Himoyaviy o'yin bo'lsa Tanguy Ndombele va Xarri Uinks kabi futbolchilarni ham etibordan chetda qoldirib bo'lmaydi. Agarda Mourinoning uslubi bo'lganida jamoa "Bavariya"dan 7 gol qabul qilib olmasdi.

KIM ASLIDA KIM EKANLIGINI KO'RSATISH PAYTI KELDI

"Tottenxem"da ish boshlash Mourino uchun muhim qarorlardan biri bo'ldi. Odamlar uning mahorati va ko'plab jihatlariga shubxa bilan qarashni boshlashgandi. "Yunayted"da u o'zining eng qimmat transferi bo'lgan Pogba bilan kiyinish xonasi uchun kurash olib borishgandi.

Mourino "Orzular teatri"ga og'ir kunlarda kelib, Lui van Galning o'rnini egallagandi. Biroq jamoaning ichki holati va o'sha paytda "Manchester Siti" va "Liverpul"ning kuchayib ketganini ko'rib, muxlis-u mutaxassislar bosh murabbiyni tanqid qilishgandi.

Agarda qaysar Mourinoning harakatlari va gaplariga Son Xen Min, Lukas Moura, Jovanni Lo CHelso va Kristian Eriksen kabilar chiday olishsa, murabbiy bu jamoa bilan yaxshi natijalarga erisha olishi va oldidagi barcha tanqidlarni olib tashlashi mumkin.

DRAMA VA YUK

Mourino qaysidir shahardami, demak, undan qandaydir sarguzasht kutavering. Uning har bir qadami shunchalar dolzarbki, odamni zeriktirmaydi. Klopp va Gvardioladan farqli ravishda uning hayoti ham faoliyati kabi anchagina zalvorli. U "Yunayted"dan ketganida o'zidan keyin anchagina ko'p yodda qolarli xotiralarni tashlab ketdi.

"Yunayted"da ishlayotganida uni matbuot katta tanqid ostiga oldi. Mourinoning har bir gapi muhokama qilindi. Oqibatda u shunday personaga aylandiki, futbol va muxlislar uni sog'inadigan bo'ldi va Mourino shu yuk ostida yashadi.

2011 yilgi voqeani esga olaylik. "El Klasiko" o'sha paytlari futbol emas, yakkakurash sport turiga aylanib borayotgandi. O'yin vaqtida urush chiqib ketgan vaqtda Mourino "Barselona" bosh murabbiyi Tito Vilanovaning oldiga borib, ko'ziga barmoqlarini tiqib olgandi.

Biz juda ajib zamonda, Ibragimovich, Ronaldu, Messi kabi futbolchilarning davrida yashamoqdamiz. Futboldagi to'rtinchi buyuk persona esa ayni damda Mourino bo'lib turibdi. Ularning tirik o'zini, o'yinlarini ko'rishimiz, har bir gaplaridan zavq olishimiz mumkin. Endi esa futbolda eski eraning qayta jonlanishini kuzatmoqdamiz. Har holda Pochettino-Gvardiola, Pochettino-Klopp qarama-qarshiligidan ko'ra, Mourino-Gvardiola, Mourino-Klopp qarama-qarshiligi biroz qiziqroq.

Mourino kabi millionlab personal muxlisga ega murabbiylar juda kam, balki noyob desak ham bo'ladi. Mourinoparastlar ham bordir, huddi Ronalduchilar kabi. Nima bo'lganda ham u Londonga, yani, o'z uyiga qaytdi. APL esa yana muxlislarni o'z etiboriga tortishda davom etadi! Sizlar esa syurprizlarga tayyor turing!

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика