Mourino Alderveyreldni “MYU”da ko'rmoqchi
21 may 2018 22:50
Yangiliklar


Mourino Alderveyreldni “MYU”da ko'rmoqchi
“Tottenxem” himoyachisi Tobi Alderveyreld faoliyatini “Manchester Yunayted” klubida davom ettirishi mumkin.
Belgiyalik 29 yoshli futbol “Qizil iblislar”ning yozgi transfer bozoridagi asosiy nishoni bo'lib turibdi. Tobini “MYU” libosida ko'rishni shaxsan Joze Mourinoning o'zi istayapti.
Etiborlisi, Alderveyreldning o'zi ham “Old Trafford”ga ko'chib o'tishga qarshi emas. U shu maqsadda “Tottenxem” tomonidan taklif etilgan yangi shartnomaga rozi bo'lmadi.
Himoyachining “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha mo'ljallangan. Muzokaralar oson kechmasligi aniq. Boisi, “Tottenxem” prezidenti Deniel Levi Alderveyreldni 75 million funt sterlingdan kamiga sotmoqchi emas.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar