So’nggi yangiliklar

01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  1 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25

Mourino - 55 yoshda! Uning 5ta yaxshi va 5ta yomon ishlari Yangiliklar

Mourino - 55 yoshda! Uning 5ta yaxshi va 5ta yomon ishlari

Mana bugun butun dunyoga dong'i ketgan bosh murabbiy Joze Mourinoning tug'ilgan kuni bilan uni qutlaymiz.

SHu munosabat bilan uning 5ta xayrli ishlari va 5ta janjallari haqidagi malumotlarni etiboringizga havola etamiz.

5ta xayrli ishlari

Saratonga qarshi kurashish fondi


Bir necha yil avval sobiq ingliz hakami Mark Xalsi avtobiografik kitobini nashr etib, unda Mourino haqida qiziqarli faktlarni ham aytib o'tgan edi. Kitobdagi malumotlarga qaraganda, hakamning turmush o'rtog'i leykemiya kasalligi tufayli uzoq vaqt davolangan. Bundan xabar topgan Mouruno do'sti Xalsining ham, uning ayolining ham, barcha harajatlarini o'z bo'yniga olgan holda, ularni Portugaliyadagi sog'lomlashtirish oromgohiga yuborgan.

Mourino haqidagi yana bir kitobning muallifi Robert Bisli esa shunga o'xshash boshqa hikoyani ham aytib bergan. Kitob uchun intevryu gonorarini qaysi hisob raqamiga tashlashni so'rashganida, Joze “Mark Xalsining saratonga qarshi kurashish fondi”ga deya javob bergan.


Muxlis sovg'asi

2014 yil Mourino boshchiligidagi “CHelsi” Liga Kubogi doirasida “SHrusberi” mehmoni bo'lgan. Murabbiylar dam olishga ham vaqti bo'lmaydi, ayniqsa safarlar paytida. Ammo, Mourino 11 yoshli muxlisi Lloyd Berton bilan uchrashishga vaqt topdi. Bola miyadagi o'simta tufayli nogironlar aravachasiga “mixlanib” qolgan edi. Lloyd yurolmasa ham, ajoyib suratlar chiza olardi. U Mourinoning portretini chizib, uni kumiriga sovg'a qilgan. Joze esa bu erda aql bilan ish ko'rib, suratning pastki qismiga dastxat qo'ygan va portretni “kim oshdi savdosi”da sotgan. Yig'ilgan pulga esa Lloydning davolanishi uchun maxsus uskunalar sotib olgan.



10 kishi tahsil olishi uchun maxsus yordam

Mourino “Real”da ishlagan paytida, o'g'li Joze Mariu sport maktabidagi “Kanilyas” klubida shug'ullangan. Mourino o'g'lidan bir nechta bola moliyaviy sharoiti tufayli klubdan ketayotgani haqida eshitib qoladi. SHundan so'ng, Mourinyu “Kanilyas” klubining hisob raqamiga 8 ming evro (bu summa 10ta bolaning yillik harajatlarini qoplash uchun etardi) o'tkazib bergan.


Ish haqining 1 foizi

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Xuan Mata o'tgan yozda foydali fleshmobni yo'lga qo'ydi. Unga ko'ra, butun dunyo bo'ylab futbolni rivojlantirish “Common Goal” hayriya fondiga har oy maoshining 1 foizini o'tkazishini malum qilgan. Akciyaga tez orada boshqa ishtirokchilar ham qo'shildi. Jumladan, Xummels, Kagava, Kellini, Gnabri, AQSH terma jamoasi ayol futbolchisi Aleks Morgan va hokazo. SHu qatori Mourino ham. U maoshining 1 foizini fondga o'tkazib bergan. Agar Britaniya OAV bergan malumot to'g'ri bo'lsa, unda Joze yiliga 14 million evro maosh oladi. Bundan ko'rinib turibdiki, u hayriya fondiga har oy tahminan o'n bir yarim ming evrodan pul o'tkazgan.


Muxlisga sovg'a qilingan medal

MYU o'tgan yozda, UEFA Superkubogida, “Real”ga mag'lub bo'ldi. Ko'pchilikka malum, Mourino mag'lubiyatlarni yoqtirmaydi. Angliya-2015 Superkubogida uning jamoasi “Arsenal”ga qarshi bahsda yutqazib qo'yganidan so'ng, u medalni tribuna tomonga otib yuborgandi. Ammo, London klubining muxlisi medalni ushlab olgan. Bu safar esa Mourino biroz boshqacharoq yo'l tutdi: bo'ynidagi medalni olib, uni MYUning yosh muxlisiga hadya qildi.

— Hatto g'alabadan keyin ham medallarni o'zimda olib qolmayman. Mag'lubiyatdan keyingisi haqida esa gapirmasa ham bo'ladi... O'sha payt yosh bolakayga sovg'a qilganim sababi, u mukofotni esdalik sifatida saqlab qo'yadi. O'ylashimcha, u buni hech qachon unutmaydi, — deydi “qizil iblislar” murabbiyi matbuot anjumanida.



5ta janjallari

“Asabimga tegma, ko'zingga qo'limni tiqib olaman”

Hech kimga sir emaski, portugaliyalik faoliyati davomida mojaroli vaziyatlar, kelishmovchilik va janjallar ko'proq bo'lgan. Ular orasida 2011 yilgi klasiko “mojarosi” ajralib turadi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalar o'tib borayotgan bir pallada, maydonda yana janjal kelib chiqdi. Hakam futbolchilar va murabbiylarni tinchitish bilan ovora bo'lib yurganidan foydalangan Joze, kulib turib, Pepning yordamchisi Tito Vilanovaning ko'ziga barmog'ini tiqib oladi. “Barsa” murabbiyi provokaciyaga uchmadi va “jangni” davom ettirmadi. Keyingi kun esa Mourino OAVda chiqish qilib, Titodan uzr so'radi. Tito olamdan o'tganidan keyin aynan Joze birinchilardan bo'lib Tito oilasiga taziya bildiradi.


“Omadsiz” Raneri

2004 yilda “Stemford Brij” Raneri bilan juda xunuk xayrlashadi va uning o'rnini hali unchalik mashhur bo'lib ulgurmagan Mourino egallaydi. Qiziqqon portugal hamkasbini qo'llab-quvvatlash va unga omad tilab qo'yish o'rniga, Ranerini “devorga mixlab qo'ya qoladi”: “CHelsi” g'alaba qozonishni, musobaqalarda zafar quchishni istaydi, ammo Klaudio bunga qodir emas, uni omadsiz deb atashlariga men sababchi emasman”.
Keyinchalik ham Mourino bir necha bor italiyalikni “shirin” so'zlar bilan siylab o'tdi... Ammo, ikki yil avval Raneri kuchli javob qaytardi. Murabbiy APLda g'olib bo'ldi. Lekin, keyingi mavsum Klaudioni “Lester” rahbarlari ishdan bo'shatishdi va Mourino hamkasbini qo'llab-quvvatlashga oshiqdi: “Angliya CHempioni va FIFA talqiniga ko'ra dunyoning eng yaxshi murabbiyini ishdan xaydashdi. Zamonaviy futbol afsuski shunday. Klaudio, kulishda davom et. Hech kim sen yozgan tarixni o'chira olmaydi”.


“Kamp Nou”dagi xursandchilik

Mourinoning eng yorqin g'alabalaridan biri bu shubhasiz — “Inter” bilan “Barselona”ni enggani bo'lgan. 2010 yil bahorida javob uchrashuvida italiyaliklar “Kamp Nou”da kerakli natijani saqlab qola olganlaridan so'ng, Mour o'rnidan turadi va maydonga yugurib chiqadi. “Barselona” futbolchilari buni haqorat deb qabul qilishadi, darvozabon Valdes shaxsan o'zi borib Mourinoni tinchitishga harakat qiladi, ammo bu harakatlar befoyda edi. Jonli efirdagi jonli jangni faqatgina hakamlar to'xtata olishadi va kataloniyaliklar darvozabonini chetroqqa olib ketishadi.


Venger bilan “duel”

Bu voqea 2005 yilning fevralida boshlangandi. O'shanda Mourino endigina “CHelsi”ni qo'lga olgandi. Barchasini Venger boshlagandi. Francuzga tarkibda xorijlik futbolchilar ko'pligi haqida aytishganda: “To'g'risini aytsam, men “CHelsi” tarkibida, “Arsenal”dagidan ko'proq ingliz o'ynayotganini sezganim yo'q. Ularda o'zlari o'stirgan nechta futbolchi bor edi? Bitta Jon Terri-a?! Endi solishtirib ko'ring, ular qancha sovrin yutdiyu, biz nechta musobaqada zafar quchdik. Ana sizga javob”. O'shandan beri ikki murabbiy bir-birini ko'rishga ko'zi, otishga o'qi yo'q. 2014 yil kuzida esa ish gapdan, amaliy harakatlarga o'tib ketdi. Maydon chetida portugaliyalik francuzning yoqasidan olib... Yaxshisi buni o'zingiz ko'rganingiz maqul.


Ayol kishiga nima bor?

Yana bir mashhur voqea shubhasiz 2015 yil yozida bo'lib o'tgan. Qizig'i, Mourino o'z klubi hodimiga tashlanib qoladi. “CHelsi” va “Suonsi” (2:2) o'rtasidagi o'yinning  94-daqiqasida londonliklar yarim himoyachisi Eden Azarning qorniga “yaxshilab” tepib olishadi. Buni ko'rgan “ko'klar” shifokori Eva Karneyro belgiyalikka yordam berish uchun maydonga o'qdek uchib tushadi. Bundan Mourinoning “qon bosimi” oshib ketadi va murabbiy qanday qilib maydonga chiqib qolganini sezmay qoladi.

Natijada Karneyro “CHelsi”ni tark etadi. Ammo, Mourino uchun barchasi undanda yomonroq yakun topadi. Bir necha oy o'tib, Joze qoniqarsiz natijalar tufayli ishdan ozod etiladi. 2016 yil iyun oyida Karneyro va “CHelsi” o'zaro til topishadi va aytishlariga qaraganda, Eva buning uchun klubdan 1,2 million funt bonus puli oladi.



Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика