Moskvaning "Lokomotiv" klubi Tojikistonning amaldagi chempionini mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
26 iyun 2016, 23:44
Moskvaning "Lokomotiv" klubi nazorat uchrashuvida Tojikistonning amaldagi chempioni "Istiqlol" ustidan g'alaba qozondi.

O'yin Dushanbeda bo'lib o'tdi va bahs 1:2 hisobida yakunlandi. "Temiryo'lchilar" safida Aleksey Miranchuk va Petar Shkuletichlar o'z hisobiga gol yozdirib qo'yishdi.

O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Vitaliy Denisov "Lokomotiv" safida asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo u jarohat tufayli o'yinni davom ettira olmadi. Shikastlanish jiddiy emasligiga umid qilamiz.

Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! Shartlar esa bu yerda >>>> TANLOV


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia