Moreno Ispaniya terma jamoasidan ketishi haqida: "Mening vijdonim toza va o'z so'zimda turaman"

Alisher
21 noya 2019, 12:24
Ispaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Robert Moreno o'z lavozimidan ketishi haqida fikr bildirdi.

"So'nggi kunlarda bo'lib o'tgan ishlardan so'ng, faoliyatim davomida meni qo'llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman va Ispaniya termasi murabbiyligidan ketganimni e'lon qilmoqchiman.

Qiyin vaziyatlarda Ispaniya terma jamoasini boshqarishga to'g'ri keldi. Ammo biz vazifani uddaladik va Evroga ishonchli tarzda yo'l oldik. 

Mening vijdonim toza. Barchani xursand qilishning iloji yo'q, lekin hamma fikrlarni hurmat qilaman.  Men o'z so'zimda turadigan insonman. Luis Enrike qaytishni istasa, unga qarshilik qilmayman.  Luisga eng yaxshi tilaklarni tilayman, uning xursandchiligi - bizning xursandchiligimiz", - dedi Moreno.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca