So’nggi yangiliklar

02:38А Серия. "Рома" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродовдан гол+пас  53 00:10Туркча "Эл Классико". "Галатасарой" ва "Фенербахче" муроса кўчасини танлади  6 23:43"Сити" ёзда 7 нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  6 23:19Ишчиларни камайтираётган МЮ энди ходимлар учун бепул тушликларни ҳам бекор қилмоқчи  7 22:56Назорат учрашуви. "Қизилқум" Россия клубини мағлуб этди  1 22:09Назорат учрашуви. "Насаф" Москванинг "Спартак" жамоасига ютқазди  8 21:29Ёзда 250 кишини ишдан ҳайдаган МЮ яна 150-200 ходим ишсиз қолишини эълон қилди  12 20:54Назорат учрашуви. "Локомотив" Грузия клубини таслим қилди, 15 ёшли боланинг голи ғалабага сабаб бўлди  4 20:12"Арсенал" "Реал" юлдузи учун 85 млн евро тўлашга тайёр  5 19:45Доку "Ливерпуль" билан ўйинда АПЛ рекордини ўрнатди  8 19:19Яна бир топ-клуб Антонига қизиқмоқда  3 18:57"Барселона" Рокени сотади. Шартнома шартлари маълум  3 18:30Владимир Бубанья: "Андижон"дан кетиш? Футболда учраб туради. "Хоразм" Суперлигада барқарор жамоа бўла олади"  4 18:09Расман: Ўзбекистон, Тожикистон ва Қирғиз Республикаси Осиё кубоги-2031 ни биргаликда ўтказиш борасида ОФКга таклиф юборди  49 17:40"Манчестер Сити"да ўйнаш осон" — Нико Гонсалес  3

Morata Ronalduni to'rtlik finalisiz qoldirdi, Mitrovich serblarni A Ligaga olib chiqdi va Xolandga etib oldi. Millatlar ligasi yakuni Yangiliklar

Morata Ronalduni to'rtlik finalisiz qoldirdi, Mitrovich serblarni A Ligaga olib chiqdi va Xolandga etib oldi. Millatlar ligasi yakuni

Millatlar ligasi yakunlandi - oldinda to'rtlik finali.

Kunning bosh voqealari va yakuniy jadvallar.


Portugaliyaliklar o'yinning so'nggida to'rtlik finalini boy berishdi — Morata Ispaniyani qutqardi


Ispanlar asosiy o'yinda Portugaliyani mag'lub etishdi va to'rtlik finaliga chiqishdi. Karvaxal 88-daqiqada qanotdan to'pni jarima maydonchasi ichiga tashlab berdi: Niko Uilyams Morataga to'pni qoldirdi va "Atletiko" hujumchisi sovuqqonlik bilan to'pni darvoza to'riga joyladi. SHunday qilib portugaliyaliklar to'rtlik finalisiz qolishdi — ularga maqul bo'lgan 0:0 hisobini ushlay olishmadi.


VIDEO  Millatlar ligasi. Portugaliya – Ispaniya 0:1



Intriga guruhning quyi qismida avj oldi. SHveycariya chexlarni (2:1) mag'lubiyatga uchratdi va yuqori divizionga chiqdi. Froyler va Embolo ikki daqiqa ichida gol urishdi, raqib esa Patrik SHikning goli bilan javob berdi. CHexiya faqatgina so'nggi turdagi g'alaba evaziga uchinchi o'rinni olishi mumkin edi — bu esa ro'y bermadi, shu sabab quyiga tushib ketishdi.


Serbiya A Ligaga chiqadi — Mitrovichga rahmat. SHvedlar esa uchinchi divizionga ravona bo'lishdi


Serblar A Ligaga chiqishmoqda. Norvegiya hal qiluvchi o'yin (jamoalarda 10tadan ochko bor edi)da Aleksandr Mitrovich va Dushan Vlaxovichning goli evaziga Serbiyaga mag'lub bo'ldi. Mitrovich so'nggi ikki o'yinda 4ta gol urdi. Serblar hatto Xolandni ham to'xtatishdi: u o'yinda ikkita aniq zarba va ettita aniq pas ijro etdi (deyarli yarmi raqibga). Ushbu o'yinda Millatlar ligasining ikkita asosiy to'purari uchrashdi: Xoland va Mitrovich guruh bosqichida hammadan ko'p gol urishdi (6tadan to'p).



SHvedlar uzoq vaqt davomida Sloveniyani mag'lub etishga harakat qilishdi (to'pga egalik qilish — 70%ga 30%), ammo baribir g'alaba qozona olishmadi. O'yinda faqat "RB" yigitlari gol urishdi: dastlab 19 yoshli hujumchi Benyamin SHeshko ("Zalcburg"ning yangi istedodi), so'ngra "Leypcig"ning tajribali xavbeki Emil Forsberg o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Slovenlar yakunda sabr qilishdi va baribir B Ligada qolishdi, SHveciya esa uchinchi divizionga tushib ketdi.


Ukrainlar A Ligaga chiqishmadi. Armanlar 0:2dan qaytishdi, ammo baribir mag'lub bo'lishdi


SHotlandiya birinchi o'rinni saqlab qoldi: ikkinchi o'rinni egallagan ukrainaliklar (0:0)dan to'p o'tkazishmadi.



C Ligaga so'nggi turda haqiqiy trillerni sovg'a qilgan armanlar boradi. Irlandiya bilan o'yinda ikki daqiqa ichida hisobni 0:2dan 2:2ga o'zgartirishdi.


Armanistonliklar g'alabaga umid qilishayotgandi (va guruhda uchinchi o'ringa), ammo yakunda barchasi barbod bo'ldi. Ular 89-daqiqadan so'ng penalti va ikkita chetlatish olishdi — "Preston" o'yinchisi Robbi Breydi esa irlandlarga 3 ochko taqdim etdi. Armanlar 5ta ketma-ket o'yinda 3:17 to'plar nisbati bilan yutqazgan holda, pastga tushib ketishdi.


Rossiya "haydab yuborilgan" guruhda qanday o'yinlar bo'lib o'tdi


Bu guruhda barcha bittadan kam o'yin o'tkazdi va yo'llanma muddatidan oldin Isroilga ketdi. So'nggi turda deyarli hech narsa hal etilmadi, ammo o'yin baribir chiroyli o'tdi. Islandiya 96-daqiqada ikkinchi o'ringa ko'tarildi — ular albanlar (1:1) bilan durang o'ynashdi, garchi ular 10-daqiqada Aron Gunnarssonning chetlatishidan so'ng bir kishi kam qolishgan bo'lsa ham. Rossiya esa C Ligaga yo'l oladi.



Guruh bosqichi yakuni


Mana barcha guruh va divizionlarning jadvallari. Asosiy natija: Millatlar ligasi pley-offida Ispaniya, Italiya, Niderlandiya va Xorvatiya o'ynaydi. Ushbu termalardan biri mini-musobaqaning mezbboniga aylanadi.


Yarim finallar 14 va 15 iyunda, final va uchinchi o'rin uchun bahs esa 18 iyunda o'tkaziladi.



Millatlar ligasi qanday qilib Evro-2024 yil saralashiga tasir ko'rsatadi?


Uch terma jamoa Millatlar ligasi orqali Evro-2024ga chiqadi. Ular 2024 yilning martida bo'lib o'tadigan Millatlar ligasi-2022/23ning o'tish o'yinlar orqali aniqlanadi.


O'tish o'yinlarida jami 12ta jamoa qatnashadi — A, B va C ligalar g'oliblari. Agar ulardan qaysidiri asosiy saralash bilan Evro-2024ga chiqsa, ularni o'sha guruhlarning keyingi jamoalari almashtiradi.


Agar qaysidir guruhda asosiy saralash orqali Evroga chiqa olmagan jamoalar kam bo'lsa, D ligadan jamoalar olinishi mumkin.



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика