Montolivo: "Milan" chempionatni kuchli uchlikda yakunlay oladi"
18 dek 2014 17:15
Yangiliklar


Montolivo: "Milan" chempionatni kuchli uchlikda yakunlay oladi"
"Milan" yarim himoyachisi Rikkardio Montolivo rossonerlarning bu mavsumdagi maqsadi haqida o'z fikrini bildirdi.
"Silvio Berluskonining so'zlariga qo'shilaman: Hozirgi jamoa kuchli uchlikka kira oladi, ammo faqat shu ruhda ishlashni davom ettirish kerak. Men bunga ishonaman" - deydi Montolivo.
"Milan" Italiya chempionatida 15-turdan so'ng 24 ochko to'plab, turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi.

Fikrlar