Montoyyaning "Barselona"dagi taqdiri keyingi haftada hal bo'lishi mumkin
05 dek 2014 10:23
Yangiliklar


Montoyyaning "Barselona"dagi taqdiri keyingi haftada hal bo'lishi mumkin
"Barselona" himoyachisi Martin Montoyya o'z kelajagi borasida tezroq bir qarorga kelmoqchi.
Futbolchini klubdagi hozirgi o'rni qoniqtirmayapti va u qishki transfer oynasida o'z jamoasini o'zgartirmoqchi. Montoyya agenti ko'k-anorranglilar vakillari bilan uchrashgan. Himoyachi boshqa klubda asosiy tarkibda o'ynamoqchi, lekin "Barselona" futbolchini ijaraga berish ilinjida. Kelasi haftada tomonlar yana uchrashishadi va bu safar Montoyyaning taqdiri aniq hal bo'lishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Montoyya bu mavsumda Ispaniya chempionatida bor-yo'g'i bitta o'yinda maydonga tushgan.

Fikrlar