"Monpele" prezidenti: "Angliyaga borganga yarasha "Nyukasl"ga emas, "CHelsi" yoki "Arsenal"ga o'tish kerak"
04 mar 2014 14:50
Yangiliklar


"Monpele" prezidenti: "Angliyaga borganga yarasha "Nyukasl"ga emas, "CHelsi" yoki "Arsenal"ga o'tish kerak"
"Monpele" prezidenti Lui Nikollen klub yarim himoyachisi Remi Kabella "Nyukasl"ga o'tmasligi kerak, degan fikrda.
"Faqat munosib taklif bo'lsagina, Kabellani qo'yib yuboramiz. "Nyukasl"ga kelsak, menimcha, u erga o'tmagani maqul. Angliyaga borganga yarasha "CHelsi", "Arsenal" yoki Manchesterning biror klubiga o'tish kerak", deya Nikollen so'zlaridan RMC iqtibos keltirmoqda.

Fikrlar