Monchi Kuman va Messidan uzr so'radi
06 mar 2021 11:15
Yangiliklar
Monchi Kuman va Messidan uzr so'radi
"Sevilya" sport direktori Ramon Monchi "Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kumandan uzr so'radi.
Ajoyib va aqlli transferlari bilan tanilgan Monchi Ispaniya Kubogi yarim final o'yini (0:3)da hakamga shikoyat bildirgani uchun murabbiyni yig'loqi deb atagan edi va shu sabab Kumanda uzr so'radi.
Monchi shuningdek o'yindan so'ng tribuna ostida u bilan janjallashib qolgan Messidan ham kechirim so'radi. O'shanda "Sevilya" boshqaruvchisi va prezidenti Pepe Kastro hakamlarning yordamini shama qilib argentinalikka "doim bir xil yutasiz" degan va Messi unga javoban "Uyingizga ketmoqdasiz" deb javob bergan edi.
Qayd etish kerakki, Kuman ham, Messi ham uzrni qabul qildi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" Ispaniya Kubogi finaliga chiqdi. Kataloniyaliklar bosh sovrin uchun "Atletik" bilan kuch sinashishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar