“Monako” yana murabbiyni almashtirishi mumkin
17 sen 2019 08:05
Yangiliklar
“Monako” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Leonardu Jardimni ishdan bo'shatishga tayyor. Rahbariyat jamoaning Liga 1 dagi ishtirokidan qoniqish hosil qilmayapti. “Monako” Jardimning o'rniga italiyalik Luchano Spalletti nomzodini ko'rib chiqmoqda. Spalletti “Inter”ni tark etgandan beri ishsiz yuribdi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Jardim Terri Anri o'rniga kelgandi va klubni Liga 2 ga tushib ketishdan saqlab qolgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar