“Monako” ketma-ket 5ta o'yinda yutqazdi, jamoa so'nggi bor 11 avgustda 3 ochko olgandi
21 okt 2018 08:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/459034_original.jpg)
![](/upload/storage/459034_220.jpg)
“Monako” ketma-ket 5ta o'yinda yutqazdi, jamoa so'nggi bor 11 avgustda 3 ochko olgandi
“Monako” klubi Franciya chempionatining 10-turi doirasida “Strasbur” jamoasiga 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi.
Monegaskliklar bu bilan ketma-ket beshinchi uchrashuvda mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. Jamoa 11ta o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmay kelyapti. So'nggi bor “Monako” shu yilning 11 avgust kuni “Nant”ni taslim (3:1) etgan edi.
Yaqinda “Monako” bosh murabbiylik postida Terri Anri Leonardu Jardimni almashtirgandi. Anri uchun "Monako" bosh murabbiyligidagi debyut omadsiz chiqdi. Klub 6 ochko bilan turnir jadvalida 19-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar