"Monako" Evropada mavsum starti oldidan transfer oynasini yopishga chaqirmoqda
16 okt 2017 12:19
Yangiliklar


"Monako" Evropada mavsum starti oldidan transfer oynasini yopishga chaqirmoqda
"Monako" vice-prezidenti Vadim Vasilev barcha Evropa mamlakatlarini Angliya Premer-ligasi kabi transfer oynasini mavsum startidan oldin yopishga chaqirdi.
"Biz hammamiz o'yin haqida qayg'uramiz, shu sababli hamma chempionatlar starti oldidan transfer oynasini yopish kerak. Koutino va "Barselona" atrofida qanday voqealar bo'lganini ko'rdingiz. Bizda ham Mbappe, Lemar, Fabino bilan shunday bo'ldi va bu hikoyalarning sportdagi halol kurashga aloqasi yo'q.
APL qaror qabul qildi, ammo hamma erda shunday bo'lishi kerak, FIFA bu borada o'z poziciyasini bildirishi lozim. Boshqa mamlakatdagi hamkasblarim bilan muloqot qila turib, ularning qo'llab-quvvatlashini his qildim. Vaziyat nazoratdan chiqib ketgan" - deydi Vasilev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar