"Monako" Boatengga shartnoma taklif qildi
01 iyu 2021 12:12
Yangiliklar
"Monako" Boatengga shartnoma taklif qildi
"Bavariya" bilan shartnomasi yakuniga etayotgan himoyachi Jerom Boateng faoliyatini Franciya chempionatida davom ettirishi mumkin.
32 yoshli o'yinchining xizmatlariga "Monako" klubi qiziqish bildirmoqda. Klub unga 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda.
Oldinroq, Jeromga Rimning "Lacio" klubi ham qiziqish bildirayotgani malum bo'lgan edi.
Boateng o'tgan mavsum "Bavariya" tarkibida Bundesliga doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar