"Monako" bir necha o'yinchilarini sotmoqchi

Alisher
10 avg 2021, 11:44
"Monako" bosh murabbiyi Niko Kovach klub o'yinchilarni sotishi kerakligini xabar qildi.

"Bizda 27 nafar maydon va 4 nafar darvozabon o'yinchilari bor. Bu ko'p, aniq. Biz tarkibni qisqartirishiga harakat qilamiz. Ayrim o'yinchilar avgust so'nggiga qadar klubni tark etishadi", - deydi Kovach.

"Monako" Fransiya chempionatining birinchi turida "Nant" (1:1) bilan durang o'ynadi. O'yin 6 avgust kuni "Lui II" stadionida bo'lib o'tdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: MadeInFoot