So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  2 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  76 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Mo'min Meliev: "Yangi yildan so'ng qaysi jamoaga o'tganim aniq bo'ladi" Yangiliklar

Mo'min Meliev: "Yangi yildan so'ng qaysi jamoaga o'tganim aniq bo'ladi"

"Mashal" jamoasini mavsum yakunlangandan so'ng bir qator futbolchilar tark etib kuchli jamoalar safiga borib qo'shilmoqda.

 SHuningdek jamoaning aksariyat futbolchilariga ham takliflar kelib tushayotgani haqidagi xabarlar qulog'imizga chalinayotgani rost. Muborakliklarning mahoratli futbolchisi Mo'min Meliev ham keyingi mavsumni boshqa jamoada boshlash arafasida. Bu borada uning o'zi qanday fikrda?

"2019 yil Pro ligada birinchi o'rinni egallab jamoamiz bilan elitaga qaytdik. Garchi ikki yil quyi ligada ishtirok etgan bo'lsakda Superligaga moslashish qiyin kechmadi. Barcha uchrashuvlar qiziqarli va shiddatli ruhda o'tdi. 

Imkoniyatlarimni to'liq ko'rsata oldim deya olmayman. Keyingi mavsumda o'zimning eng yaxshi o'yinlarimni ko'rsatishga harakat qilaman. 

Jamoamizdagi pasayishni yaqinlarim ham aytishdi. Karantindan so'ng bunday holat ko'pchilikda kuzatildi. Mashg'ulotlarda kutilmaganda jarohat orttirib oldim va bir oyga yaqin tiklanish jarayonini olib bordim. Menimcha shu omillar ham sabab bo'ldi. 

Qaysi jamoaga o'tganim yangi yildan so'ng rasman aniq bo'ladi. "Nasaf"dan taklif? Bu jamoa kuchli murabbiyga ega. Jamoada yaxshi saviyadagi futbolchilar yig'ilgan. Klub muxlislari faxrlansa arziydi. Ularni kumush medallari bilan tabriklayman. Aytganimdek yangi yildan keyin barchasiga aniqlik kiritamiz.

"Mashal" jamoasining jonkuyar muxlislarini kelayotgan bayram bilan tabriklayman. Oilalaridan fayz va baraka arimasin",- deydi Mo'min Meliev.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика