So’nggi yangiliklar

13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  1 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  5 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   0 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  0 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  1 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  11 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  11 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  2 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  6 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2

Mo'min Meliev: "Mashal" Pro ligaga tushib ketganiga achindim" Yangiliklar

Mo'min Meliev: "Mashal" Pro ligaga tushib ketganiga achindim"

Faoliyatini katta qismini "Mashal"da o'tkazgan hujumkor yarim himoyachi Mo'min Meliev joriy mavsum boshida jamoasini o'zgartirdi.

Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Qo'qon-1912"ga yo'l olgan futbolchi ilk davrada yaxshi taassurot qoldirdi. Bir qator gollarga mualliflik qildi. Biroq jarohatlar o'zini ko'rsatishiga pand berdi. Xo'sh, mavsum bo'yicha olgan taasurotlari qanday bo'ldi? Quyida Mo'min Meliev bilan tashkil qilingan suhbatni o'qishingiz mumkin.

- 2021 yil boshida Qo'qonga ko'chib o'tdingiz. Yangi sarguzashtlar qanday kechdi? Boshqa jamoadagi ilk mavsum taasurotlari haqida...

- Albatta, "Qo'qon-1912"ga ko'chib o'tdim. Undan avval "Mashal" jamoasida ajoyiyu 4 yilni o'tkazdim. Klubdan juda yaxshi xotiralar qolgan. 2019 yil Pro ligada g'olib chiqdik, Superligaga yo'llanma oldik. 

- Gohida shunday futbolchilar borki, yangi jamoasida sermahsullik ko'rsatishi uchun bir necha oy moslashish talab qilinadi. Siz esa ilk turdanoq gol urishni boshlab yubordingiz...

- Moslashishda jamoadagi futbolchilar va murabbiylar katta rol o'ynadi. Qo'qonda ahil jamoa bor. Ichki muhit yaxshi. Barcha bir-birini qo'llab-quvvatlashga tayyor. Ko'z tegmasini hammasi ko'ngildagidek bo'ldi. Jarohat olmaganimda yanada o'zimni ko'rsata olardim. 

- Safarda "Mashal"ga urgan golingiz ko'p muhokamalarni keltirib chiqardi. O'shandan keyingi holatingiz qanday ko'rinish oldi? Qamrab olgan hissiyotlar borasida nima deya olasiz?

- Oldimdagi insonlar nima bo'lganini bilishadi. Har xil salbiy va nafsoniyatga tegadigan gaplarga duch keldim. Nima ham derdim, taqdirimda shu yozilgan ekan. Bundan norozi emasman. 

- Qo'qonda Baxtiyor Ashurmatov hujumkor, jangovar va agressiv jamoa tuza oldi. "Mashal"da esa mana shu narsani ko'rmadik. Mana shu ikki jihatni solishtira olasizmi ?

- Murabbiylarni taqoslash noo'rin, deb bilaman. Har bir murabbiy o'yinga o'zgacha yondoshadi. Uslubi va taktikasida farq bor. Menimcha ortiqcha izohga xojat yo'q. 

- 2019 yil "Mashal" Pro ligada birinchi o'rinni egallab Superligaga chiqqandi. O'sha jamoa tarkibida to'p tepgansiz. Endilikda jamoa yana Pro ligaga ravona bo'ldi. Ushbu jarayon sizni befarq qoldirmadimi?

- Sobiq jamoaga befarq emasman. U erda juda yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Barchasi aka-uka va do'stlarim. To'g'risi ularga achindim. Hammadan ham o'rinbosarlar jamoasiga qiyin bo'ladi. CHunki Pro ligada U-21 jamoasi ishtirok eta olmaydi. Lekin bir tomondan "Olimpik" uchun xursandman. Ikki jamoaga ham omad tilayman. 

- Mavsum yakunlandi. Navbatdagi rejalar haqida o'ylashni vaqti kelmadimikin?

- Xudoga shukur oldimda 2-3 ta variantlarim bor. Barchasi bayramdan keyin hal bo'ladi.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика