Mo'ydin Mamazulumov: "Qanaqa ko'rik? "Loko" bilan shartnoma tuzib bo'ldim"

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2015, 10:50
"Navbahor" klubi hujumchisi Mo'ydin Mamazulumov faoliyatini "Lokomotiv" klubida davom ettiradigan bo'ldi.

- "Lokomotiv" taklifi men uchun ham kutilmaganda sodir bo'ldi. Bu jamoaga qarshi Kubok bahsida ikki marta va chempionatda bir marta o'ynadik. To'g'risi, bu jamoaning qiziqishi haqida kubok o'yinidan so'ng eshitdim, - deydi Mamazulumov.

- Sizni "Loko"ga ko'rikdan o'tish uchun kelganingiz haqida yozishgandi...
- Qanaqa ko'rik? Axir Men bu jamoa bilan shartnoma imzolab bo'lganman va mavsum oxirigacha endi shu yerda o'ynayman. Men haqimda nimadir yozishdan oldin klub rahbarlariga murojaat qilishsa yaxshi bo'lardi. Meni u yerda juda yaxshi kutib olishdi. Klub rahbarlari bilan ham gaplashdim. Ular menga ishonishayotganini aytishdi. "Lokomotiv"dagi deyarli yarim jamoa bilan birga o'ynaganman. Yangi jamoaga moslashib ketishimda muammo bo'lmaydi deb umid qilaman.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia