So’nggi yangiliklar

08:36Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:06Саудия Арабистон чемпионати. «Ал Ҳилол» мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди  0 07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  105 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  31 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0

Mo'ydin Mamazulumov: Meni aldashdi Yangiliklar

Mo'ydin Mamazulumov: Meni aldashdi

Guliston klubi ikkinchi davra boshlanishiga yaqin tarkibga ayrim yangi o'yinchilarni qo'shib olishga muvaffaq bo'ldi.
Ayniqsa, tajribali hujumchi Mo'ydin Mamazulumov ham Guliston azosiga aylangani muxlislar uchun kutilmagan hol bo'ldi. Yodingizda bo'lsa, u Olmaliqni tark etib Neftchiga qo'shilgandi. Futbolchining ushbu jamoada to'p surishi ham oydinlashgandek edi. Ammo keyinchalik voqealar rivoji aksincha tus olib Mo'ydin klub lagerini tark etishga majbur bo'ldi. Bunday bo'lishini hech kim kutmagandi. Ayniqsa, mahalliy muxlislar uning Neftchida kelganini eshitib xursand bo'lgandilar. Ammo oldindan nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Mamazulumov ham shu erda o'ynash uchun keldi-yu, oradan malum vaqt o'tgach ketdi. SHundan keyin u Navbahorda bir oz shug'ullandi. Ammo ikkinchi davrani Gulistonda o'tkazishi rasman malum bo'ldi. 

-   Nima uchun Guliston klubiga o'tdingiz? Buning sabablari nimada?
-   Gulistonga ko'chib o'tganimning sababi xususida to'xatlsam, aslida mavsumni Neftchida o'tkazishim mumkin edi. Bilasiz, birinchi davrani Olmaliqda o'tkazdim. Farg'onaliklar esa meni chaqirishib hamkorlik qilish niyati borligini aytdilar. Ammo keyin ular gapining ustida turmadilar. Natijada u erdan ketdim. Menga Gulistondan taklif bo'lgani uchun shu erga keldim.

-   Lekin Neftchidan keyin Navbahor mashg'ulotlarida ham qatnashdingiz. Nima, ular bilan kelisha olmadingizmi?
-   Ochig'ini aytsam, Navbahor bilan kelisha olmadim. Ularning menga bildirgan taklifi qoniqtirmadi.

-   Ko'pchilik faoliyatingizni Neftchida davom ettirishingiz o'ylashayotgandi. Biroq oxir-oqibat Guliston azosiga aylandingiz. Voqealar rivoji bunday tarzda o'zgarib ketishini kutmagan bo'lsangiz kerak?
-   Aslini olganda Olmaliqdagi faoliyatim yomon kechmayotgandi. Neftchining yangi rahbari Komil Mirzaboev meni Neftchiga taklif qilib Olmaliqdan xujjatimni olib kelishimni va shartnoma tuzib shu erda o'ynashimni aytib meni qattiq ishontirdi. Men ham uning gapiga ishonib Olmaliqdan xujjatimni olib boribman. Ammo chempionat boshlanishiga bir hafta qolganida menga boshqacha vaziyatni tushuntirishdi. Xayronman bu bosh murabbyining qarorimi yoki Mirzaboevnimi, bilmadim. Meni Olmaliqdan olib ketib Neftchida o'ynaysan deb, keyin jamoasiz qoldirishdi. To'g'risini aytsam, qachonlardir Farg'onaga qaytib Neftchida o'ynash niyatim bor edi. Menga Farg'onadan ko'plab muxlislar qo'ng'iroq qilib nima uchun ketganimni so'rashyapti. Ko'pchilik Neftchini tark etganimni noto'g'ri tushunishyapti. Vaholanki ular aslida qanday sabab bo'lganini bilishmaydi. Ishqibozlar uchun shuni aytishim kerakki, Farg'ona xalqi uchun ham u erda o'ynamoqchi edim. Lekin bu amalga oshmadi. Buning sababni muxlislar mendan emas Komil Mirzaboevdan so'rashsa yaxshi bo'lardi.

-   Guliston siz uchun oxirgi variantmidi?
-   Guliston jamoasi men uchun oxirgi variant emasdi. Bunga qadar ushbu jamoaga qarshi rasmiy va o'rtoqlik uchrashuvlarida to'p surganman. O'shanda bu klub menda iliq taassurot qoldirgandi. Bosh murabbiy Bahtiyor aka Ashurmatov bilan ham yaxshi munosabatdaman. Bundan tashqari futbolchilarning yarmidan ko'pini taniyman. Umuman olganda, Ashurmatov Gulistonga kelib yordam berishimni so'radi va men uning hurmatidan ushbu taklifga rozilik bildirdim. Xar holda bu inson meni chaqirishga chaqirib keyin xamkorlik qilmaymiz deb aytgani yo'q. Lekin Neftchi vakillari menga nisbatan yaxshi ish qilishmadi.

-   Bu holat sizga yomon tasir qildimi?
-   Albatta, menga yomon tasir ko'rsatdi. Olmaliq bosh murabbiyi Igor SHkviringa hammasini to'g'ri tushuntirib Neftchida o'ynayman deb qog'ozlarimni olib ketgandim. Buni qarangki, farg'onadagilar boshqacha yo'l tutishdi. Menga nisbatan hurmatsizlik qildilar. Axir meni o'z jamoasida o'ynatish qo'lidan kelmasa nima keragi bor taklif etishni?!

-   Guliston ikkinchi davraga qiyinchilik bilan tayyorgarlik ko'rdi. Faqat masum boshlanishiga ozgina qolganida qandaydir o'zgarishlar sodir bo'ldi. Umuman olganda, taassurotlaringiz qanday?

-   Boya aytganimdek, jamoaning yarmini tanirdim. Mashg'ulotlarda yigitlar bilan bir-birimizni yaxshi tushunyapmiz. Qiyin vaziyatda barcha jamoadoshlarim bilan bir tan-u, bir jon bo'lib harakat qilamiz va kurashamiz.

-   Yangi jamoada muhit qanday?

-   Ayrim klublarga qaraganda bu erda muhit yaxshi. Futbolchilar o'rtasida guruhbozlik yo'q. Hamma bir-birini qo'llab-quvvatlaydi. Moliyaviy tomondan ozgina yordam berib yuborishsa ishonchim komilki jamoa o'zini ko'rsata oladi.

-   Aytingchi, Gulistonga qanday maqsadda o'tdingiz?

-   Neftchi bilan yuz bergan holatdan keyin qiyin ahvolga tushib qolgandim. Keyin Guliston menga ishonch bildirib qatiy taklif bilan chiqdi. Bu erga har tomonlama o'zimni ko'rsatish uchun keldim. Ikkinchi davra davomida jamoaga yordam bermoqchiman va o'zimni ham ko'rsatmoqchiman. Yangi yildan boshlab esa boshqa jamoaga ketaman.

-   Demak, Gulistonga yarim mavsum uchun kelibsiz-da?

-   Ha, mavsum oxirigacha o'ynayman. SHu vaqt davomida o'zimni albatta ko'rsatishim shart.


SHuhratbek JO'RAEV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика