

Xorvatiyalik futbolchini jamoaning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso o'ynatishni reja qilgan. Shu sababli "Real"ning yangi ustozi rahbariyatdan xorvatiyalik 39 yoshli yarimhimoyachi bilan shartnomani uzaytirishni so'ragan. Modrichning klub bilan amaldagi bitimi yozda yakuniga etadi.
Ma'lumot uchun, Modrich 2012 yildan beri "Real" safida harakat qiladi. U joriy mavsum 55 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 9 ta golli uzatma bor.



