Modrich, Ronaldu va Salah. Kim qancha ovoz oldi?
31 avg 2018 09:42
Yangiliklar
Modrich, Ronaldu va Salah. Kim qancha ovoz oldi?
Kecha UEFA o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisini taqdirladi.
Xorvatiya terma jamoasi va "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich o'tgan mavsum Evropaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Kimlar ovoz berdi?
Evropa chempionlar ligasi va Evropa ligasi guruh bosqichida ishtirok etadigan 80ta klub bosh murabbiylari va UEFAning barcha associaciyalaridan 55 nafar jurnalist.
Murabbiy va jurnalistlar uch futbolchiga ovoz berishdi. Birinchi o'ringa 5, ikkinchi o'ringa - 3, uchinchi o'ringa - 1 ochko hisoblandi. Murabbiylar o'z klubi futbolchisiga ovoz bera olishmasdi.
1.Luka Modrich ("Real" va Xorvatiya) - 313 ochko
2.Krishtianu Ronaldu ("Real" va Portugaliya) - 223 ochko
3.Muhammad Salah ("Liverpul" va Misr) - 134 ochko

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar