Modrich haliyam "Real"dan ketish istagida
14 okt 2018 13:39
Yangiliklar
Modrich haliyam "Real"dan ketish istagida
"Inter" qishda yana bir marotaba "Real" futbolchisi Luka Modrichni xarid qilishga urinib ko'radi.
Malumotlarga qaraganda, 33 yoshli futbolchi "qirollik klubi"dagi holatdan norozi va jamoasini almashtirish istagida. "Inter" yozdayoq xorvatiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi edi. Biroq, o'shanda "Real" yarim himoyachini qo'yib yubormagan.
Qolaversa, Modrichning murabbiy Xulen Lopategi bilan munosabatlari yaxshi emas.
"Real" agar uning o'rniga boshqa yulduz futbolchi sotib oladigan bo'lsa Modrichni qo'yib yuborishi mumkin.
Fikrlar