Modrich: "Futbolda ilojsiz narsaning o'zi yo'q, ayniqsa "Real" uchun"
14 noy 2018 12:10
Yangiliklar
Modrich: "Futbolda ilojsiz narsaning o'zi yo'q, ayniqsa "Real" uchun"
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich jamoaning yangi mavsumdagi omadsiz starti haqida fikr bildirdi.
"O'yinimizni yanada kuchaytirishni istaymiz, chunki mavsumni yaxshi boshlay olmadik. Ammo uni qanday yakunlashimiz muhim. Jamoamiz har yili to'qnash keladigan qiyinchiliklarni engib o'tmoqchimiz.
Biz kurashayotgan sovrinlarni yutishga umid qilyapmiz, ammo birinchi navbatda o'yinimiz sifatini oshirishimiz kerak. Yangi murabbiy bilan bizni yaxshi mavsum kutib turibdi.
Futbolda ilojsiz narsaning o'zi yo'q. Ayniqsa "Real" uchun. Iloji yo'q deyilgan paytda biz ketma-ket uch marta CHempionlar ligasi g'olibiga aylandik. Buni to'rtinchi marta ham amalga oshirishimiz mumkin. Buning uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz" - deydi Modrich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar