So’nggi yangiliklar

18:05"Реал"дан навбатдаги юриш. Жамоа етакчиси шартномани узайтирди  1 17:39"Нефтчи" тез орада навбатдаги трансферни эълон қилади  5 17:19Мбаппе "Реал"даги дебют ўйинидаёқ соврин ютиши мумкин  1 16:46Расман: Қувондиқ Рўзиев - "Нефтчи" футболчиси!  2 16:36Питер Одемвингие 2019 йил "Бунёдкор"га ўтиши мумкин эди  3 16:25Here we go! Мейсон Гринвуд - "Марсель" футболчиси!  4 16:04Про лига аъзоси "Дўстлик" назорат баҳсида Тожикистон клубини мағлуб этди  0 15:37"Сурхон" назорат баҳсида Тожикистон клубини мағлуб этди  11 15:16"Реал"дан навбатдаги юриш! Мадридликлар "Ливерпуль"дан Александер-Арнолдни олиб келишмоқчи  2 14:36Тезкор! "Реал"га ўтишни хоҳлаган футболчи МЮ билан шартнома тузади, у бугун Англияга учади  12 13:50Осимхен Саудияга боришни хоҳламади, у ПСЖга ўтмоқчи  1 13:21"Бунёдкор"да янги мураббий иш бошлади   4 13:03Transfermarkt: "Андижон" янги легионер билан йил охиригача шартнома тузди  3 12:43Англия ФА кутилмаган юриш қилмоқчи, Гвардиола инглизларни бошқариши мумкин  5 12:15Тьерри Анри, Маскерано, Кападзе... Олимпия ўйинларида ишлайдиган мураббийлар  5

Model, o'qituvchi, balerina. Klopp, Zidan va Gvardiolaning ayollari nima bilan shug'ullanishadi? Yangiliklar

Model, o'qituvchi, balerina. Klopp, Zidan va Gvardiolaning ayollari nima bilan shug'ullanishadi?

Koronavirus epidemiyasi zamonaviy futbolning eng muvaffaqiyatli murabbiylariga ko'proq vaqtini yaqinlariga sarflashga imkon berdi.

Top-mutaxassislarning ayollari nimalar bilan shug'ullanishiga qiziqib ko'rdik.


Veronik Zidan

Zinedin Zidan Veronik Lentisko-Fernandes bilan 1989 yilda, "Kann" safida to'p tepayotganida tanishib qolgan. Veronik oilasi bilan Almeriyadan Kannga ko'chib o'tgandi. 1994 yilning 28 mayida Zinedin va Veronik Bordo shahrida turmush qurishdi, chunki franciyalik futbolchi o'sha shahar klubi sharafini himoya qilayotgan edi. Zidan xonim Kannda Rozella Xaytauer raqs maktabida o'qigan, ammo balerina bo'la olmagandi.


Keyinroq Veronik Zizu bilan Turinga ko'chib ketdi, undan so'ng Madridga. Ushbu oilada to'rt o'g'il dunyoga keldi va ularning bari otasi izidan yurdi. Veronik Zidanga xayriya ishlarida yordam beradi. Madam Zidan to'rt tilda bemalol gapira oladi: Francuz, italyan, ispan va ingliz.


Zidan 2017 yilda bergan intervyularining birida ayoli haqida quyidagi gaplarni aytgan edi: "O'rtamizda hech qanday sir yo'q, hammasi haqida bir-birimizga gapirib beramiz va bu ajoyib. Undan butun umr qarzdorman".


Ulla Klopp

Ulla Sandrok Yurgan bilan tanishgunicha uch yil davomida Keniyada o'qituvchilik qilgan. U hamshiralik ham qilgan, maktabda bolalarga talim berishdan tashqari, ochlikdan azob chekayotgan kichkintoylar sog'ayishiga ko'maklashgan. Ulla uyga qaytganidan so'ng bolalar psixologiga aylandi, ammo yakkayu-yagona o'g'lini bir o'zi o'stirgani tufayli restoranda oficiantlik qilishga ham majbur bo'lgan.


Ulla va Yurgen 2005 yil Oktoberfest festivalida tanishishgan. Yil oxirida Klopp ayolga turmush qurishni taklif qiladi va Ulla rozi bo'ladi. Yurgenni sevib qolgan ayol futbolga ham mehr qo'yadi va xatto bolalar uchun "Tom va sehrli futbol" kitobini yozadi.


"Liverpul" CHempionlar Kubogini Angliyaga olib kelganida, Yurgenning xotini ushbu g'alabani muxlislar bilan birga nishonlagan.


Karla Simeone

Aktrisa va model Karla Pereyra Diegodan 16 yoshga kichik. U Argentinada tug'ilgan, ammo so'nggi o'n yil Ispaniyada istiqomat qilmoqda. 2014 yil "Atletiko" ustozi birinchi xotini Karolina Baldini bilan ajrashganda, Karla Diego bilan tanishgan edi. 


Ikki yil o'tib Karlo Simeonega qizaloq Francheskuni dunyoga keltirdi, 2019 yilda esa Valentinani. Diego va Karla o'z munosabatlarini 2019 yilda rasmiylashtirib, to'y qilishgan.


Hozir juftlik Madridda birga yashaydi. Karla televideniyada ishlaydi va filmlarda suratga tushadi. Diego uni himoyachi farishta deb ataydi.


Kristina Gvardiola

https://championat.asia/upload/storage/562870_original.jpg

Pep Kristina Serra bilan o'smirlikda, kiyim do'konida tanishib qolishgan. Ushbu juftlik 20 yildan ortiq birga yashagan bo'lsada, ularning to'yin 2014 yilda bo'lib o'tgan. Kristina OAV bilan muloqot qilmaslikka harakat qiladi.


Kristina Pepga uch nafar farzand tug'ib bergan: Mariya, Mariusa va Valentina. Aytgancha, aynan Serra Gvardiolani zamonaviy kiyinishga o'rgatgan. Barselonadagi ular tanishgan butik hozirgacha ishlashda davom etadi va ayni damda do'kon Kristinaga tegishli.


2017 yilda Gvardiolaning xotini "Manchester Arena"da o'tgan Ariana Grande koncertida Manchester teraktini boshidan o'tkazgan. Bu haqida Pep "BBC Radio"ga intervyu bergan:


"O'g'lim bilan uyda edim, xotinim esa qizlarim bilan koncertda. Omadimiz kelgan ekan. Afsuski, ko'pchilik jarohat oldi. Xotinim menga qo'ng'iroq qildi, ammo aloqa uzilib qoldi. U menga nimadir sodir bo'lganini aytib, qaergadir yugurishayotgani haqida gapirayotgandi va qo'ng'iroq uzildi" - degandi Gvardiola.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика