Mochinov va Kurlaev tandemi endi “Obod”da

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2016, 13:27
Oliy liga debyutanti “Obod” jamoasida yangi murabbiylar ish boshladi.
Muxlislarimizga yaxshi tanish bo'lgan Aleksandr Mochinov va uning yordamchisi Anatoliy Kurlaev ma'lum muddatlik majburiy tatildan so'ng yana murabbiylik sohasida ish boshladi.

Aytishlaricha, “Obod” o'z uyida “Sho'rtan”ga imkoniyatni boy bergach,klub rahbariyati murabbiylar shtabiga Mochinov va Kurlaev tandemini kiritishga qaror qilgan.
Bungacha jamoa natijalariga mas'ul bo'lib kelgan Bobur Zuhriddinov ham jamoada qolib, o'z faoliyatini davom ettirayotganini ham aytib o'tish lozim. Kecha mashg'ulotlarga Mochinov boshchilik qilgan.

Murabbiy sifatida bungacha “Oq-tepa”, “Bunyodkor”, “Buxoro” va “So'g'diyona” kabi jamoalarda bosh murabbiy va yordamchi sifatida faoliyat yuritgan Aleksandr Vladimirovichni yaqinda Rossiyaning “Krasnodar” futbol akademiyasida ishlash uchun jo'nab ketgani to'g'risida xabarlar paydo bo'lgandi. Biroq mana ko'rinib turibdiki, Mochinov yurtimizda.  

Eslatib o'tamiz bulardan sal avval darvozabonlar bilan ishlovchi murabbiy Igor Mixaylov ham “Obod” taklifini qabul qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia