MLS va CBF takroriy video tizimini sinovdan o'tkazmoqchi
16 okt 2015 13:45
Yangiliklar


MLS va CBF takroriy video tizimini sinovdan o'tkazmoqchi
Bu haftada Xalqaro futbol associaciyalari kengashi (IFAB) uchun o'yin qoidalarini o'zgartirish muhokamasi uchun yaratilgan ikki maslahat guruhi futboldagi takroriy video tizimidan foydalanishni muhokama qilishdi. Maslahat guruhlari futbolda takroriy videolarni yaxshi va yomon tomonlari borasida suhbatlashishdi. Hozir takroriy videolardan foydalanish mumkin emas va IFAB bunga ruhsat berishi kerak.
Bundan tashqari o'zgarishlar soni ham muhokama qilindi. Muhokamada quyidagi takliflar bo'ldi: Qo'shimcha vaqt uchun to'rtinchi o'zgarishni kiritish, futbolchilarning jarohatini o'sha joyda davolash kerak bo'lsa vaqtinchalik o'zgarish. Maslahat guruhlari "o'yindan tashqari holat" borasida ham muhokama o'tkazishdi.
IFABning o'yin qoidalariga qo'shimcha kiritish borasidagi har yillik yig'ilishi 2016 yilning martida Kardiffda bo'lib o'tadi va bu qoidalar 2016/17 mavsumda amalda qo'llanilishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar