MLS. 1/8 final uchun prevyu yoxud Ibra va Runi jamoasi jiddiy raqiblarga duch kelishadi
19 okt 2019 15:10
Yangiliklar


MLS. 1/8 final uchun prevyu yoxud Ibra va Runi jamoasi jiddiy raqiblarga duch kelishadi
"Inqilobchilar" Atlantada mehmon
Mamlakatning amaldagi chempioni hamda joriy mavsumni ham o'z mintaqasida chakki o'tkazmagan va chiroyli g'alabalari bilan 2-o'rinni egallagan "Atlanta"ning hal qiluvchi bosqichdagi dastlabki raqibi muhlsilarini so'nggi lahzalargacha hayajonda ushlab turib, ohirgi turga kelibgina pley-off yo'llanmasini bazo'r qo'lga kiritgan "Nyu-Inglend" jamoasi bo'ldi. Ko'ramiz, atlantaliklar chempionlikni munosib himoya qila olishadimi yoki mehmonlar "sensaciya" qayd etishadi.
Atlanta United Franco Escobar - 70' |
Major League Soccer Playoff . 1/8-tur 19/10/2019, 23:10 0
:
1
Tugadi
|
New England Revolution |
Stadion: Mercedes-Benz Stadium
Dallasliklar Vashingtonda mehmon
Butun mavsum davomida o'z mintaqasi chempionligi uchun kurashib kelgan va lekin “Los-Anjeles”dek klubga qarshi raqobatda imkoniyatni boy bergan ko'hna shahar bosh jamoasi “Sietl Saunders” hal qiluvchi bosqich startida yana bir katta qiyinchiliklar bilan ohirgi pallada 7-pog'onaga jonholatda ilinib olgan “Dallas”ga qarshi bahs olib boradi. Mezbonlar bu safargi mavsumda bosh sovrinni ko'zlab, maqsadlari yo'lida astoydil og'ishmasdan harakat qilishmoqda. Dallasliklar esa, muxlislari haqqi-hurmati chiroyli o'yin namoyish etishga bel bog'lashgan. SHunday ekan, bizda ushbu bahsni ko'rish uchun etarlicha sabablar bor.
Seattle Sounders FC Raul Ruidiaz - 18', Jordan Morris - 22', Jordan Morris - 74', Jordan Morris - 113' |
Major League Soccer Playoff . 1/8-tur 20/10/2019, 01:50 3
:
4
Finished AET
|
FC Dallas Reggie Cannon - 39', Matt Hedges - 64', Bryan Acosta - 82' |
Stadion: CenturyLink Field
Ashaddiy raqiblar to'qnashuvi
Musobaqa boshidan sovrinli o'rinlar uchun tinmay bellashib kelgan va yakunda bir hil 50 ochko to'plagan holda, turnir jadvalida ketma-ket to'rtinchi hamda beshinchi pog'onalarni band etgan ikki bir-biriga o'xshash klublar “Toronto” va “Di Si Yunayted” o'zaro jang olib borishadi. Joriy mavsumda ushbu jamoalar o'zaro ikki marotaba to'qnash kelishdi va har ikkala o'yinda ham durang qayd etilgan – 0:0, 1:1. Demak, mavjud statistikadan kelib chiqib aytadigan bo'lsak uchrashuv qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy o'tishi aniq.
Toronto FC Marco Delgado - 32', Richie Laryea - 93', Jonathan Osorio - 95', Jonathan Osorio - 103', Nick DeLeon - 105' |
Major League Soccer Playoff . 1/8-tur 20/10/2019, 04:05 1
:
5
Finished AET
|
DC United Lucas Rodriguez - 90' |
Stadion: BMO Field
G'arbdagi o'rtamiyonalar bellashuvi
Joriy mavsum davaomida doimiy o'rtamiyonalar qatorida kezib yurgan “Real Solt-Leyk” so'nggi tur o'yinlarini yorqin tarzda o'tkazib, chiroyli g'alabalarni qo'lga kiritish orqali yakuniy musobaqa jadvalida 3-o'rinni egalladi. Jamoaning 1/8 final bosqichidagi dastlabki raqibi malum bir vaqt ichida xattoki quyi pog'onalarda ham izg'ib yurgan va lekin mavsum ohirida yuksak matonat ko'rsatib, muxlislariga pley-off yo'llanmasini taqdim etgan kam sonli irodali jamoalardan biri bo'lgan “Portlend Timbers” bo'ldi.
Real Salt Lake Damir Kreilach - 28', Jefferson Savarino - 87' |
Major League Soccer Playoff . 1/8-tur 20/10/2019, 08:15 1
:
2
Tugadi
|
Portland Timbers Dairon Asprilla - 47' |
Stadion: Rio Tinto Stadium
“Buqalar” Filadelfiyaga uchishadi
Mavsum mobaynida chempionatning kuchli jamoalariga etarlicha boshog'riq bo'la olgan va kutilmagan natijalari bilan millionlab ishqibozlarni hayrat ummoniga g'arq qilgan “Nyu-York Red Bullz” klubi hal qiluvchi final bosqichining birinchi o'yinini o'z maydonida sharqiy zonada Nyu-York shahri bosh jamoasiga munosib raqobat taqdim etib, tengma-teng kurash olib borgan va biroq yakunda mintaqaning bronza medallari bilan cheklangan etakchi jamoalardan biri “Filadelfiya”ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuvda mehmonlar shov-shuv ko'tara olishadimi yoki Pensilvaniya shtati jamoasi g'alabali odimini davom ettiradimi, buni faqat oliy xakam bo'lgan vaqt ko'rsatadi.
Philadelphia Union Alejandro Bedoya - 30', Jack Elliott - 52', Fabrice Picault - 78', Marco Fabian - 105' |
Major League Soccer Playoff . 1/8-tur 21/10/2019, 01:20 3
:
4
Finished AET
|
New York Red Bulls Josh Sims - 6', Tim Parker - 24', Tom Barlow - 45' |
Stadion: Talen Energy Stadium
Azaliy raqobatchilar jangi
Butun mavsum davomida deyarli stabil o'yin namoyish etib kelgan va sovrinli o'rinlar uchun davogarlar qatoridan tushmagan “Minnesota” o'z maydonida hamisha o'zini eng zo'ri deb bilgan dunyoning betakror super hujumchilaridan biri Zlatan Ibragimovich harakat qilayotgan klub “La Gelaksi”ni qabul qiladi. Ibra faoliyatini tugatishidan oldin sovrinlar kollekciyasini AQSHdek qudratli davlatdagi kubok bilan boyitib olish uchun bor imkoniyatini ishga solishi turgan gap. SHunday ekan, uchrashuvga bo'lgan qiziqish auditoriyasi sezilarli darajada baland.
Minnesota United Jan Gregus - 87' |
Major League Soccer Playoff . 1/8-tur 21/10/2019, 06:45 2
:
1
Tugadi
|
LA Galaxy Sebastian Lletget - 71', Jonathan dos Santos - 75' |
Stadion: Allianz Field
Xondamir Hakimov tayyorladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar