So’nggi yangiliklar

02:20А Серия. "Рома" ва "Наполи" ишончли ғалабага эришди, "Ювентус" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади  3 02:14Ла Лига. "Сельта" ва "Атлетико" ўзаро дуранг ўйнади, мадридликлар 40-дақиқада бир киши кам бўлиб қолишди  5 01:40Лига 1. "Лилль"ни ПСЖга қарши ўйиндаги мағлубиятдан Мбаппе қутқариб қолди  5 01:03Харри Магуайр фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  1 23:58Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда "Гёзтепе"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида Шомуродов ва Файзуллаев ҳаракат қилди  13 22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  10 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  11 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   1 21:55Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда "Чадормалу" билан дуранг ўйнади, Ашурматов баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:22Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Севилья"дан тўртта гол қабул қилиб олди ва мағлубиятга учради  173 21:15Мирко Йеличич: "Уч очкони қўлга киритдик, лекин ўйиндан унчалик мамнун эмасман"  0 21:02Максим Шацких: "Футболчилар чарчаб қолгани сезилиб турди"  18 20:59Асрор Алиқулов: "Кўп вазиятлар яратдик, лекин гол уришга келганда муаммога йўлиқдик"  0 20:55Кенжабоевнинг СУПEР голи "Қизилқум"га муҳим ғалабани тақдим этди  4 20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  2

Millatlar Ligasi. Ispaniyaning eksperimental tarkibi Berlinda mehmon bo'ladi Yangiliklar

Millatlar Ligasi. Ispaniyaning eksperimental tarkibi Berlinda mehmon bo'ladi

Bir necha soatlardan keyin UEFA Millatlar ligasi turnirining ikkinchi mavsumi start oladi.

Bugungi kunga belgilangan bahslar orasida bir qator etiborga moliklari bor. Demak, diqqatingizni "A" liganing 4-kvartetiga qarating. Mazkur guruhdan 4 jamoa o'rin egallagan: Ispaniya, Ukraina, Germaniya va SHveycariya. 

Bugun 1-tur doirasida ispanlar Berlinda mehmon bo'lishsa, Ukraina Lvovda SHveycariyani qabul qiladi. Har ikkala o'yin Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanishi rejalashtirilgan. 

Hozir Berlingi o'yin haqida qisaqacha malumot beramiz.

Germany

Timo Werner - 51'

UEFA Nations League A Grp. 4 . 1-tur

04/09/2020, 00:45

1
:
1
Tugadi

Spain

Jose Gaya - 90'

Stadion: Mercedes-Benz Arena, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Orsato

45'
90'
51'  Timo Werner
51'  Robin Gosens
62'  Leroy Sane (Matthias Ginter)
74'  Ilkay Gundogan (Suat Serdar)
90'  Timo Werner (Robin Koch)
46'  Jesus Navas (Ansu Fati)
57'  Sergio Busquets (Mikel Merino)
80'  Fabian Ruiz (Oscar Rodriguez)
90'  Jose Gaya
90'  Rodrigo

Germaniya

Lyov bugun ko'plab etakchilar xizmatidan foydalana olmaydi. Ularning bir qismi majburiy bo'lsa, bir qismiga murabbiyning o'zi ruxsat bergan. Bugun maydonda katta ehtimol bilan o'zgacha Bundestimni ko'ramiz. 

Murabbiy terma jamoanign asosini tashkil qiladigan "Bavariya"ning aksar o'yinchilarini chaqirmadi. Yoaxim Lyov avgust oyida ECHLda g'olib chiqqan Myunxen klubi vakillari Manuel Noyer, Yosua Kimmix, Leon Goretcka va Serj Gnabriga dam berishga qaror qildi. SHuningdek, musobaqaning yarim finalida to'xtagan "Leypcig" vakillari Marsel Xalstenberg va Lukas Klostermann ham chaqiruv olmagan. Murabbiy qarorini shunday izohlaydi:

"Barchaning holati har xil: mavsum davomida juda ko'p yuklama olgan va doim o'ynaydigan futbolchilar bor, jarohatlangan yoki mavsumni avvalroq tugatgan o'yinchilar bor, shuningdek, o'z klublarida allaqachon tayyorgarlikni boshlab qo'yganlar ham etarli. Terma jamoaga tetik, sog'lom va o'yinga chanqoq futbolchilar kerak".

U jarohatlar haqida bekorga gapirmadi. Mark-Andre ter SHtegen ham safda emas, Asosiy posbon roli uchun quyidagi uchlik kurashadi: Bernd Leno, Kevin Trapp hamda debyutant Oliver Baumann. SHuningdek, yana 2 futbolchi bugun debyut qilishi mumkin Robin Gosens ("Atalanta") va Florian Noyxaus ("Borussiya M").

Jarohatlar hamon taqib qilyapti: Niko SHulcning keyingi o'yinlarni o'tkazib yuborishi malum bo'lgandi. Bugun Kay Xavertc ham mashg'ulotlar jarayonida safdan chiqqan. Albatta, achinarli holat.

Ispaniyada 8 nafar debyutant bor

Hech kim ispanlar ustozi jamoani keskin yoshartirib yuborganidan ajablanmadi. Luis Enrike milliy jamoa safiga birdaniga 8 nafar yangi o'yinchini jalb qildi. Barcha yangilarni 3 guruhga bo'lishimiz mumkin.

Darvozabon Unai Simon, himoyachi Serxio Regilon va yarim himoyachilar Mikel Merino hamda Oskar Rodriges singari asosiy tarkibga davo qilmaydiganlar. Yosh bo'lsa-da, allaqachon o'zini yuqori darajada ko'rsatishga ulgurgan himoyachi Erik Garsiya va vinger Ferran Torres.

"Barselona" tarbiyalanuvchilari ham ajralib turadi. 17 yoshli Ansu Fati katalon klubida debyut qilgan va gol urgan eng yosh o'yinchi bo'lganidan xabaringiz bor. Enrike Fatini ayni vaqtda o'yin vaqtiga nisbatan samaradorlik jihatidan faqat Messidan ortda qolishi takidlagan edi. 24 yoshli Adama Traore ham allaqachrn yangi darajaga chiqib ulgurdi. Angliyaga ko'chib o'tgan futbolchi o'zining jismoniy holatini ham bir necha barobar yaxshiladi. Ayni paytda u eng yaxshi driblingchilardan hisoblanadi va Adamani to'xtatish juda qiyin.

Taxminiy tarkiblar

Germaniya: Trapp, Ryudiger, Zyule, Ginter, Kerer, Kroos, Brandt, Gosens, Draksler, Verner, Sane (3-4-3).

Ispaniya: De Xea, Navas, Lorente, Ramos, Gaya, Ruis, Buskets, Alkantara, Olmo, Moreno, Rodrigo (4-3-3).

SHuningdek, bugun yana 9 ta uchrashuv o'tkaziladi: 

23:45. Turkiya - Vengriya

21:00. Latviya - Andorra

23:45. Rossiya - Serbiya

23:45. Ukraina - SHveycariya

23:45. Bolgariya - Irlandiya

23:45. Finlyandiya - Uels

23:45. Moldova - Kosovo

23:45. Sloveniya - Greciya

23:45. Farer – Malta

Slavyanlar to'qnashuvi: etakchilarsiz Rossiya Matichsiz qolgan Serbiyaga qarshi 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика