Miyatovich Mbappening kelajagi haqida gapirdi
17 fev 2021 22:40
Yangiliklar


Miyatovich Mbappening kelajagi haqida gapirdi
"Real" sobiq hujumchisi Predrag Miyatovich PSJ hujumchisi Kilian Mbappening aql bovar qilmaydigan kelajagi borligini aytdi.
Yugoslaviya terma jamoasi sobiq futbolchisi (73 uchrashuvda 28 ta gol) franciyalikning CHempionlar Ligasi 1/8 finali birinchi uchrashuvida "Barselona"ga qarshi o'yinda ko'rsatgan o'yinidan (4:1) hayratda.
Eslatib o'tamiz, Mbappe ushbu o'yinda xet-trik qayd etgandi.
"U haqiqiy yulduzga aylandi. O'zi o'yindan oldin shunday edi, o'yindan keyin ham shunday bo'lib qoldi.
U kelajakda "Oltin to'p"ni oladi. Va u ushbu sovrinni ko'p yillar davomida qabul qilib oladi, bunga ishonchim komil", – deydi Miyatovich.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar