"Mixed zone". Oybek O'rmonjonov: "Murabbiylarning ko'rsatmalarini to'g'ri bajardik"
25 avg 2022 19:50
Yangiliklar


"Mixed zone". Oybek O'rmonjonov: "Murabbiylarning ko'rsatmalarini to'g'ri bajardik"
"Mirabror Usmanov Memorial Cup-2022" turnirining 2-turidan o'rin olgan Yaponiya – O'zbekiston (0:3) uchrashuvida terma jamoamizning uchinchi goliga mualliflik qilgan Oybek O'rmonjonov uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yaxshi uchrashuv o'tkazdik, deb o'ylayman. Jamoadagi barcha bir-biriga ishondi. Murabbiylar tomonidan berilgan ko'rsatmalarni to'g'ri bajardik. Uzoqdan zarbalar berish ko'rsatmasi berilgandi. Buni amada ko'rsata oldim. Navbatdagi uchrashuv Tojikistonga qarshi kechadi. Yaxshi tayyorgarlik ko'rib g'alaba uchun to'p tepamiz", – dedi Oybek O'rmonjonov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar