So’nggi yangiliklar

22:10ПСЖ Доннарумма учун 50 миллион евро сўрамоқда. "Манчестер Сити" бу суммани кўп деб ҳисобламоқда  1 21:35Миржалол Қосимов: "Адолатли дуранг қайд этилди, сабаби..."  1 21:34Расман: "Ман Сити" Грилишни "Эвертон"га ижарага берди  0 21:30Суперлига. "Шўртан" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  2 21:12Акмал Рустамов: "Қизилқум" ҳимоявий футбол ўйнамоқда деб кўп гапиришяпти, мен ушбу фикрга қўшилмайман"  1 20:56Суперлига. Салкам 20 минг томошабин йиғилган ўйинда "Навбаҳор"нинг қўли баланд келди  86 20:29Про лига. "Арал" "Жайхун" устидан ғалаба қозонди  0 20:11Суперлига. Зерикарли ўтган ОКМК - "Қизилқум" ўйинида голлар урилмади  23 19:50Санчо фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  0 19:21Саудия Арабистони клуби Мбаппе учун "космик" сумма тўлашга тайёр  7 18:40Доннарумма ПСЖнинг УEФА Суперкубоги учун қайдномасидан тушиб қолди  2 17:38"Қўқон-1912" 8 йиллик танаффусдан сўнг Ғузорда ғалаба қозона оладими?  0 17:00Суперлига. "Навбаҳор" кетма-кет 4 ўйиндан бери "Андижон"ни ютолмаяпти  1 16:39АПЛ клублари А Серия клубларига қараганда 500 баравар кўп (!) пул сарфлади  8 16:12Испания футбол федерацияси "Барселона" АҚШда ўйин ташкил этишига рози. Энди УЕФАнинг рухсати керак  4

"Mixed zone". Muhammadqodir Hamraliev: "Bu oqshomda "Paxtakor" safida orzuim ushaldi" Yangiliklar

"Mixed zone". Muhammadqodir Hamraliev: "Bu oqshomda "Paxtakor" safida orzuim ushaldi"

Kecha "Paxtakor" safida "Navbahor"ga qarshi uchrashuvda Muhammadqodir Hamraliev debyut uchrashuvini o'tkazdi.

Aslida mazkur klub tarbiyalanuvchisi hisoblangan Hamraliev katta futboldagi debyutini "Dinamo"da amalga oshirgan, o'tgan yili esa "Olimpik" tarkibida harakat qilgandi. Qishki transferlar oynasida "Paxtakor"ga ko'chib o'tdi. "Navbahor" bilan kechgan o'yindan so'ng uning taasurotlari bilan qiziqdik. 

Paxtakor

Farrux Sayfiev - 2', Dragan CHeran - 68'

Superliga. 3-tur

17/03/2023, 19:30

1
:
2
Tugadi

Navbahor

Temurxo’ja Abduxoliqov - 23'

45'
90'
2'  Farrux Sayfiev
2'  Xozhiakbar Alizhonov
6'  Doston Tursunov
22'  Farrux Sayfiev
39'  Odiljon Hamrobekov
63'  Diyor Xolmatov (Pshemislav Banashak)
68'  Dragan CHeran
68'  Farrux Sayfiev
85'  Azizbek Turg’unboyev (Dostonbek Hamdamov)
90'  Eldorbek Suyunov
90'  Sardor Sobirxo’jayev (Giorgi Papava)
23'  Temurxo’ja Abduxoliqov
27'  Oston O'runov
33'  Yovan ZHokich
52'  Luka CHermel
73'  Oston O'runov (Asadbek Sobirzhonov)
73'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Shohruz Norxonov)
75'  ZHasur YAxshiboev (Abror Ismoilov)
80'  Davron Hoshimov
82'  Jamshid Iskanderov (Farrux Ikromov)

"Birinchi galda murabbiylar ishonch bildirib maydonga tushirganidan xursandman. Avvalgi ikki o'yinda to'p tepmagandim. SHu kun yozilgan ekan, nima ham qiladim. Buyog'iga berilgan imkoniyatdan foydalanib ishlashda, oldinga intilishda davom etamiz. Umuman olganda orzuim ushaldi, desam mubolag'a bo'lmaydi. 

Kuchli jamoalarga qarshi masuliyatli o'yinlar shaxsan menga yoqadi. Maydonda haqiqiy kurash kechdi. Qolaversa, "Navbahor" ham yaxshi o'yin ko'rsatganini aytish joiz. Reja bo'yicha to'p tepdik, maqsadimizga erishdik. Raqib safida kuchli hujumchilar bor. Ularga yaqinroq o'ynashimiz kerakligi aytilgandi. Bizni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytaman",- deydi Muhammadqodir Hamraliev.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика