Mixaylovich keyingi hafta iste'foga chiqarilishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
14 dek 2015, 20:00
Milan bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich agar yaqin oradagi ikkita o'yinda g'alaba qozona olmasa iste'foga chiqarilishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, "Milan" prezidenti Silvio Berluskoni "Verona"ga qarshi durangdan so'ng murabbiyga shart qo'ygan. Unga ko'ra jamoa Italiya kubogida "Sampdriya" hamda chempionat doirasida "Frozinone" ustidan g'alaba qozonishi lozim. Shundagina murabbiy ikkinchi davra boshlanishiga qadar o'z lavozimida qolishi mumkin ekan. Agar milanliklar g'alaba qozona olishmasa Mixaylovich ishdan ketadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia