Misr termasi bosh murabbiysiz qoldi
07 iyu 2019 10:57
Yangiliklar
"KingFut" xabariga ko'ra, kecha Misr termasi Afrika Kubogi 1/8 finali doirasida JAR termasiga mag'lub bo'lganidan keyin Agirre istefoga chiqish borasida ariza yozgan. SHuningdek, mamlakat futbol Associaciyasi prezidenti Xani Abo Rid ham o'z joyini bo'shatib qo'ymoqchi.
60 yoshli Agirre o'tgan yilning avgustida terma boshqaruvini o'z qo'liga olgandi. Uning shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangandi. Agirre bunga qadar "Osasuna", "Atletiko", "Saragosa" va "Espanol" kabi klublar hamda Meksika va Yaponiya termalaridagi faoliyati bilan mashhur.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar