Misha Ge: “O'zbekiston bayrog'i ostida ishtirok etayotganimdan faxrlanaman”
07 fev 2014 10:58
Yangiliklar

Misha Ge: “O'zbekiston bayrog'i ostida ishtirok etayotganimdan faxrlanaman”
Rossiyaning Sochi shahrida nihoyat, orziqib kutilgan katta sport musobaqasi – XXII Qishki Olimpiada o'yinlari start oldi.
Sayyoramizning 80dan ziyod davlati sportchilari ishtirok etadigan Oq Olimpiadada mamlakatimizning uch nafar azosi ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. Slalom bahslarida ishtirok etadigan Artem Voronov va Kseniya Grigorevaga hurmatni saqlagan holda figurali uchish musobaqasida muzga chiqadigan Misha Gedan ijobiy natija kutib qolamiz. Zero, Misha o'tgan yili o'tkazilgan xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli qatnashdi. Biz Sochiga jo'nab ketishi oldidan istedodli sportchimiz bilan bog'lanib, undan olamsport.com sayti uchun uchun eksklyuziv intervyu oldik.
- Misha, suhbatimiz avvalida ushbu sport turiga kirib kelishingiz, kimlar sababchi bo'lgani haqida malumot bersangiz.
- Uch yoshimda onam muz saroyiga olib borgan ekanlar. O'shandan beri ushbu nafis sportining asiriman (kuladi). SHunchalik bog'langanimdan, hayotimni figurali uchishsiz tasavvur qila olmay qoldim. 10 yoshimgacha havaskor sifatida shug'ullandim. Keyin ota-onam o'zaro maslahatlashganlaridan so'ng, bu sport turiga professional tarzda yondashishim kerakligini aytishdi.
- Siz Moskva shahrida dunyoga keldingiz. Lekin bir necha yildan beri O'zbekiston sharafini himoya qilyapsiz. Sizni yurtimiz bilan nimadir bog'lab turarmidi yoki boshqa sababi bormi?
Suhbatning davomini olamsport.com saytida o'qish mumkin.

Fikrlar