Mirzohid Mirzamahmudov: "Lokomotiv-BFK" kuchli o'yin namoyish etdi"
14 noy 2018 21:48
Yangiliklar
Mirzohid Mirzamahmudov: "Lokomotiv-BFK" kuchli o'yin namoyish etdi"
Pro-Liga 35-turidan o'rin olgan "Yozyovon-Lochinlari" - "Lokomotiv-BFK" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar futbolchisi Mirzohid Mirzamahmudov “Championat.asia" saytiga intervyu berdi.
Bugungi o'yin menda katta taassurot qoldirdi - deydi Mirzohid Mirzamahmudov. CHunki bugungi o'yinni kuzatgan muxlislar guvoh bo'lishdi, bu uchrashuvda oson g'alaba qozonmadik. "Lokomotiv-BFK" turnir jadvalida so'nggi o'rinni egallab turgan bo'lsada, ular bugun juda kuchli o'yin namoyish etishdi. Bugungi g'alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman.
Kelajakda nasib qilsa o'yinlarimni yanada kuchaytirib Superliga klublarida o'ynash niyatim bor. Lekin hozir bizda yana bitta o'yin bor, safarda "Xotira-79" jamoasiga qarshi maydonga tushamiz. Mana shu uchrashuvda ham g'alaba qozonish uchun astoydil harakat qilamiz.
Bekzod Tolibov yozib oldi.
O’xshash yangiliklar
22:50
Parij-2024. O'zbekiston - Ispaniya 1:2, SHomurodov tarixiy gol urdi, Nematov penaltini qaytardi 8
Fikrlar