So’nggi yangiliklar

01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  3 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  3 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  0 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  0 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  2 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  6 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  7 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  5 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  14 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0

Mirzohid G'ofurov: "Jamoamiz 20 ta uchrashuvda mag'lub bo'lmadi, lekin kutilmagan mag'lubiyatlar o'yinimizga o'z tasirini o'tkazdi" Yangiliklar

Mirzohid G'ofurov: "Jamoamiz 20 ta uchrashuvda mag'lub bo'lmadi, lekin kutilmagan mag'lubiyatlar o'yinimizga o'z tasirini o'tkazdi"

Tajribali ximoyachi Mirzoxid G'ofurov mavsum yakulari bo'yicha klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Yakunlangan mavsum haqida fikrlaringiz qanday?

- Yakunlangan mavsum eng esda qolarli mavsumlardan biri bo'ldi. Ochig'ini aytsam, mavsum davomida "Neftchi" jamoasi medallar uchun kurashda haqli o'yin ko'rsatdi, lekin yakunda beshinchi o'rin bilan tugatdik. Xudo xohlasa, yangi mavsumda ushbu ko'rsatkichni yaxshilashga urinib ko'ramiz.

- O'z o'yiningizdan qoniqdingizmi?

- Futbolchining o'yiniga ko'proq murabbiy baho beradi. Murabbiylarning ko'rsatmalariga aniq amal qildim, shekilli. Mavsum davomida har uchrashuvga boshlang'ich tarkibda maydonga tushirishdi. O'zimga kelsak, mavsum davomidagi o'yinlarimdan qoniqdim, ammo muxlislar qanday fikrda ekanliklarini ham bilish kerak (kuladi).

- "Neftchi" faoliyatingizda muhim o'rin tutgan jamoalardan hisoblanadi. Klubdagi o'yinlaringiz orqali yangi darajaga ko'tarildingizmi?

- Albatta, "Neftchi"da ahil jamoa tuzilgan. Tartib-intizom bor joyda albatta futbol rivojlanadi. Bundan tashqari, jamoada futbolchilar, murabbiylar va klubning barcha xodimlari bir-birlari bilan juda yaxshi munosabatda. Bu yilgi natijalarga erishishimizga ham asosiy sabablardan biri ahil jamoa tuzilganligi deb hisoblayman.

- Jamoamiz safida bu yilgi eng sermahsul futbolchi va 26 uchrashuvda doimiy xarakat qilgan futbolchi bo'ldingiz. Buning asosiy sabablarini aytib bersangiz...

- Bu xaqda boya gapirib o'tdim. Vitaliy Grigorevich ko'rsatmalarini maydonda to'g'ri bajarishga harakat qildim. Sermahsullik bo'yicha gapiradigan bo'lsam, maydonda uch ochko olish uchun gol uruvchi futbolchining familiyasi ikkinchi darajali, deb hisoblayman. Asosiysi, shu gollar va uzatmalar jamoamiz foydasiga ishlashi kerak. 

- Mavsum davomidagi eng yaxshi va eng alamli o'yin haqida fikrlaringiz...

- Alamli tomoni, jamoamiz 20 ta bahs davomida mag'lubiyatga uchramadi, 21-turga kelib esa "Nasaf" klubiga qarshi bellashuvda raqib bilan tengma-teng o'ynagan holda mag'lubiyatga uchraganimiz bo'ldi. Mavsumni mag'lubiyatsiz seriyalar bilan yakunlamoqchi edik. Afsuski, o'xshamadi. SHunday bo'lsa-da, musobaqa jadvaliga nazar tashlasak, eng kam mag'lub bo'lgan jamoa "Neftchi" hisoblanadi. Eng yoqimli o'yinlarga kelsak, musobaqadagi har bir g'alaba qozongan o'yinimiz men uchun eng yaxshilaridan bo'ldi va albatta amaldagi chempion "Paxtakor" jamoasini uyda ham, safarda ham mug'lub etganimiz – bu albatta yoqimli.  

- Kelasi mavsumda muxlislarmiz jamoamizdan bu yilgi natijadan ham yaxshi natija kutishadi. Bu sizga bosim o'tkazmaydimi?

- Yo'q, xammasi ko'ngildagidek bo'ladi. Yangi mavsum intrigalarga boy bo'ladi va muxlislarimiz bizni qo'llab-quvvatlab turishsa, oldimizga qo'yilgan vazifalarni albatta bajaramiz.

- Namanganda gol urishingizga ishonganmidingiz?

- Avval aytib o'tganimdek, kim gol urishi ahamiyatsiz. Asosiysi, shu gollar jamoamiz uchun foyda keltirsa, shuni o'zi etarli deb hisoblayman. Umuman olganda, himoyachining gol urishi yoqimli ish (kuladi). 

- Jamoamiz muxlislari haqida fikrlaringiz va yangi mavsumda ularga nimalarni vada qila olasiz?

- Mavsum davomida stadionga kelib, jamoamizni qizg'in qo'llab-quvvatlab turishlarini xohlar edim. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga juda ko'pchilik omad tilab yozadi. Muxlislarimizga alohida rahmat aytaman. Ularning ko'magi bilan yaxshi mavsum o'tkaza oldik. SHu asnoda yana bir narsani qo'shimcha qilib ketsam, jamoamiz 20 ta uchrashuvda mag'lub bo'lmadi, lekin kutilmagan mag'lubiyatlar o'yinimizga o'z tasirini o'tkazdi. SHu paytda jamoaga muxlislarning daldasi ayni muddao bo'lar edi, deb hisoblayman. Muxlislarga murojaatim: "Neftchi"ni yaxshi kunida, ham yomon kunida ham bir xilda qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolaman va biz yangi mavsumda natijalarni albatta yaxshilashga harakat qilamiz!

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика