So’nggi yangiliklar

14:14Расман: Серж Орье Остон Ўруновнинг жамоадоши бўлди  0 14:00Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада   39 13:52"Фенербахче" "Барселона" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолайди  0 13:27Эрон матбуоти: Машарипов Суперкубокда ўйнай олади  3 13:06Гёкереш "Арсенал"да дебют қилмасиданоқ рекорд қўйди  2 12:34"Зенит" собиқ футболчиси: "Файзуллаев ўйнамоқчи"  3 12:06Далот МЮ Мбеумо ва Кунья билан шартнома имзолаганидан хурсанд, чунки у энди уларга қарши ўйнашга мажбур эмас  0 11:39МЮ АПЛ ва Бундеслига юлдузлари билан ҳужумни кучайтирмоқчи  1 11:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди!  6 10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  1 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  2 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  3 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  7 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  12

Mirjalol Qosimov: "Jarohat olganlar yo'q va hamma o'yinga tayyor" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Jarohat olganlar yo'q va hamma o'yinga tayyor"

Osiyo Kubogi oldidan milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov saytimizga intervyu berdi.
Ayni paytda Sidneyda bo'lib turgan O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo chempionatidan o'rin olgan guruhdagi ilk bellashuvni 10 yanvar kuni KXDR (SHimoliy Koreya) termasiga qarshi o'tkazadi. Terma jamoamiz blugun mahalliy vaqt bilan soat 18:00dan 20:00ga qadar mashg'ulot o'tkazdi. Mashg'ulot yakuniga etgach, bosh murabbiy Mirjalol Qosimovdan intervyu oldik.

- Osiyo Kubogidagi ilk uchrashuvimizga nihoyatda kam vaqt qoldi. Musobaqa oldidan hissiyot kuchlimi?
- Albatta, bunday katta musobaqada ishtirok etishning o'ziyoq kuchli hayajonni keltirib chiqaradi. Busiz iloji yo'q. Hammamiz yaxshi niyat qilib turibmiz, nasib qilsa, musobaqani g'alaba bilan boshlamoqchimiz. Ilk o'yinda g'alaba qozonish biz uchun nihoyatda muhim.

- Futbolchilar KXDR bilan bo'ladigan bahsga tayyormi? Tarkibda jarohat olganlar yo'qmi?
- Bilasiz, Odil Ahmedovda jarohat bor edi, shuningdek Server Jeparovni ham jarohat biroz bezovta qilayotgandi. Xudoga shukur, hozir hammasi ortda qoldi va bu ikki futbolchimiz o'yinga shay. Ko'z tegmasin, safimizda jarohat olganlar yo'q.

- Avstraliya - umuman boshqa qita. SHundan kelib chiqib jamoa mahalliy iqlim va muhitga to'liq moslasha oldimi?
- Moslashish oson bo'lmagani bor gap. CHunki bu erdagi vaqt Toshkentdagidan olti soat farq qiladi. SHu bois bu erga kelgan dastlabki kunlarda moslashib olish nisbatan qiyin kechdi. Ammo hozirgi kunga kelib barchasi ortda qoldi.

- Birinchi turdagi raqibimiz SHimoliy Koreya etarli darajada o'rganildimi? Ular xuddi sirli jamoadek ko'rinmoqda.
- Haqiqatdan ham bu raqibni sirli jamoa desa bo'ladi. Negaki ular haqida malumot topish oson emas. Ammo biz ilojini qilib, koreyaliklar ishtirokidagi o'yinlarni ko'rdik. Ular doim bir xil 4-4-2 sxemasida to'p tepishadi.

- Ushbu uchrashuvga qanday taktik usulni qo'llamoqchisiz?
- Biz uchun birinchi bo'lib gol urish juda muhim hisoblanadi. Sababi SHimoliy Koreya shunday jamoaki, birinchi bo'lib o'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborsa, o'yin tizginini qo'ldan chiqarib yuborishi mumkin. Bu esa bizga qo'shimcha imkoniyat yaratadi.

- Sidneydagi ilk uchrashuv O'zbekiston ishtirokida bo'ladi. Musobaqa finali ham shu stadionda bo'lib o'tishini inobatga olsak, terma jamoamizning oxirgi bahsni ham shu erda o'tkazish rejasi bo'lsa kerak?
- Albatta, futbolda oldindan bir narsa deyish qiyin. Lekin sportda ilojsiz narsaning o'zi yo'q. SHunday ekan, finalgacha borishga astoydil harakat qilamiz.

- Malayziya klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi qanday ahamiyatga ega bo'ldi?
- Bu o'yin biz uchun juda zarur edi. Negaki mahalliy iqlimga tezroq moslashib olish uchun ham birorta o'yin o'tkazmasak bo'lmasdi. Yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Endi bor etiborni rasmiy bahslarga qaratamiz.

X.Xoliqov, N.Yuldashev,
Sidney, Avstraliya.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика