So’nggi yangiliklar

02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  0 02:05ЕЧЛ. "Буде Глимт" ва Кипр клуби лига босқичига йўлланмани қўлга киритди  0 01:56U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор" йирик ҳисобда ютқазди, Андижонда голлар шоуси ва бошқа натижалар  0 01:01Камолиддин Тожиев: "Пахтакор ўз олдига доим олий мақсадни қўяди. Кубок ва Суперлигада охиргача курашамиз"  3 00:29Тарих яратилди! "Қайрат" пенальтилар сериясида "Селтик"ни мағлубиятга учратиб ЕЧЛ лига босқичига йўл олди!  28 00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  1 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  2 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  47 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   1 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4

Mirjalol Qosimov: "Janubiy Koreya bizdan ustun emas edi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Janubiy Koreya bizdan ustun emas edi"

Bugun "Futbol sharhi" ko'rsatuvi mehmoni Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bo'ldi va ko'rsatuv muallifining savollariga javob qaytardi.
 - Mirjalol Qo'shoqovich, Janubiy Koreyaga qarshi o'yin haqida aytib o'tsangiz ? Ularni jamoalarida Evropada to'p surayotgan yuqori saviyali futbolchilar bor. Bu sizga o'yin oldidan xavotir solmadimi ?

Albatta, Janubiy Koreya avvaldan Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Kuchli intizom va jismoniy holat ulardan hamisha eng yaxshilaridan biri bo'lgan. Har bir chizig'i kuchli futbolchilardan iboratdir. Saudiya bilan o'yinda ham buni ko'rdik. Ular bilan ochiq o'ynab bo'lmaydi. SHu bois taktikamizni o'zgartirdik. Lutfulla To'raev aynan ushbu sxemamizga mos kelar edi. Biz bu o'yinda hech qanday yakkakurashda yutqazmadik. Bu o'yinni muhimligi shunda ediki, bu bitta o'yin bo'lardi, guruh bo'lganida birinchi o'yinda qo'yilgan xatoni ikkinchi turda to'g'rilasa bo'ladi. Lekin bu bosqichda hech qanday xato ketmaydi. Biz uchun final o'yini bo'ldi. SHunga qaramay eski kasalligimiz yana boshlandi va vaziyatlarni yakunlay olmadik. Janubiy Koreyani bizdan ustun tarafini ko'rmadim. Natija hamma uchun juda muhim va biz buni uddalay olmadik.

- Server Jeparovni Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda maydonga tushmaganligini qanday izohlar edingiz?

Bu erda biz har bir o'yinchidan maksimal foydalanishni istadik. Serverni ikkinchi bo'lim maydonga tushurishni istagan edim. Kutilmaganda Odilning jarohat olishi bizni taktikamizga o'zgartirish kiritilishiga majbur bo'ldik.  Bu o'yinda biz  4+1+4+1 taktikada o'ynadik. Koreyani yarim himoyasi juda kuchli. Yakkakurashlardan yutqazish bizga qimmatga tushar edi. Undan tashqari Jamshid Iskanderovga Olloh tomonidan berilgan iqtidori bor. U so'nggi pasni aniq etkazib bera oladi. Undan tashqari Sardor Rashidov bilan o'yini chiqadi. SHu sabablarga ko'ra, so'nggi o'zgarishda Jamshidni ham tushirishni maqul topdim.

- O'yindan oldin 120 daqiqalik o'yin uchun jamoangiz tayyor edimi ?

Buni o'ylamagan edik. Biz 90 daqiqa ichida vazifani uddalashimiz kerak edi. YO'qotilgan vaziyatlar haqida esa endi gapirishga xojat yo'q. 85 daqiqada Lutfulla To'raev foydalanganda o'yin deyarli yakunlanishi mumkin edi. Bizga nasib qilmagan ekan.  Har bir o'yinchimiz maydonga g'alaba uchun chiqdi va harakat qildi. Bizni barcha muxlis qo'llab-quvvatlab turdi.

- 4+1+4+1 taktikasining afzalligi nimada edi ?

Raqib individual kuchli va biz raqibdan kelib chiqib shunday sxemani tanladik. Lutfulla esa bunga to'la mos kelar edi.

- Avgustdan boshlangan yig'inlarda qanchalik o'sishga erishdingizlar ?

Birinchi navbatda O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Mirabror Zufarovichga minnatdorchilik bildiraman. Biz uchun shuncha sharoitni yaratib bergani uchun natija talab qilishga haqli edi. Jiddiy tayyorlandik lekin natija bo'lmadi.

- Sardor Rashidov chempionatning kashfiyoti bo'ldi. Bu futbolchini siz aynan 2-3 yil oldin "Bunyodkor"da ko'rsatgan edingiz ? U o'tgan vaqt davomida qanchalik o'sishga erishdi.

U ko'p mehnat qildi va to'xtab qolmadi. O'z ustida ishlashi kerak. Kuchli ligada o'ynasa termamiz uchun ham foydali bo'ladi.

- Janubiy Koreyaning birinchi goli haqida aytib o'tsangiz ?

Asabiy uchrashuv bo'ldi. Muhammadiev emas butun jamoa yutqazdi. Men Muhammadievni xatosi demagan bo'lar edim. Bu vaziyatgacha biz gol urishimiz mumkin edi.  Tez o'yin bo'lgani bois Koreyani futbolchilarini oyoq tomirlari tortib qoldi. Ikki tomon ham hujumda o'ynadi. Darvozabonni ham Grizumchuk bilan kelishgan holda tanladik. Nestrov bizni ko'plab vaziyatlarda qutqardi. Hakamlarni esa nazoratchilar muhokama qiladi.

- Temur Kapadze faoliyatini yakunganini xabar berdi.


Biz uni fikrini qo'llab-quvvatlaymiz. U shunday qaror qilgan ekan deb qo'shilamiz. U yoshlarga o'rnak bo'ldi. Toshkentda uning 120 o'yinini tashkillashtiramiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика