So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  4 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Mirjalol Qosimov: "Yakuniy pallada oqsayapmiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Yakuniy pallada oqsayapmiz"

O'zbekiston - Bahrayn (0:0) o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bahs haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Farruh Sayfievni ilk bor chap qanot himoyasida o'ynatib ko'rdik. Bazi vaziyatlarda uchta himoyachi bo'lib o'ynadik. Menimcha Sayfiev yaxshi harakat qildi. Bugun o'yinimiz yomon chiqqani yo'q, to'p nazorati bizda bo'ldi. Lekin imkoniyatlardan foydalanishda oqsayapmiz. Hujum chizig'i meni xavotirga solmoqda", - deb gap boshladi Qosimov.

- Bugun Farruh Sayfievni chap qanot himoyasida sinashdan maqsad kutilmagan jarohat bo'lib qolsa ularga tayyor turish uchunmi?
- Buni anchadan beri o'ylab yurgan edik. Mana bugun imkoniyat bo'ldi va Farruhni chap qanotda sinab ko'rdim.

- Akbar To'raevning maydonga tushgani uchta o'yinda uchta darvozabonga imkon berish uchun qilindimi?
- Albatta, to'g'ri takidladingiz. O'rtoqlik o'yinlarida barcha posbonlarimizni tekshirib olamiz.

- Markazda o'yinimiz yaxshi chiqmoqda, lekin hujumda bunday deb bo'lmaydi...

- Men ham shuni aytdimda. Yakuniy pallada biz yaxshi harakat qila olmayapmiz. Bundan tashqari ob-havoning ham tasiri bo'lgani turgan gap.

- Bugun Bahrayn o'z o'yinini ko'rsata olmadimi yoki biz bunga yo'l qo'ymadikmi?
- O'rtoqlik o'yini bo'lgani uchun ham biroz sustroq o'ynashdi. Bu ruhiyat bilan bog'liq. Bunday bahslarda hech kim 100 foiz kuchi bilan o'ynamaydi.

- Ikkinchi bo'limda asosiy o'yinchilarga dam berganingiz sababi ularni BAA bilan bahsga asrashmidi?
- Asosiy sababi ob-havoning issiqligi bo'ldi. Bundan tashqari BAA bilan o'yindan oldin qolgan o'yinchilarga ham imkon berishni ko'zlagandim.

- Bugun hakamlarga biz tomondan etirozlar ko'p bo'ldi. Ellikka-ellik vaziyatlarda raqib foydasiga qaror chiqarildi.
- Menimcha terma jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda yuqoriroq saviyadagi hakamlar ishlashi kerak. Oddiy vaziyatlarda ham bizga qarshi qarorlar qabul qilindi.

Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика