Mirjalol Qosimov: "Xitoyga qarshi o'yin oson bo'lmasligi aniq"
13 jan 2015 13:29
Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Xitoyga qarshi o'yin oson bo'lmasligi aniq"
Osiyo Kubogi-2015 guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Xitoy va O'zbekiston uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Uning ikkinchi qismida Mirjalol Qosimov va Odil Ahmedov ishtirok etishmoqda.
"Ertaga bizni qiziqarli o'yin kutmoqda. Sababi biz ham, Xitoy terma jamoasi ham g'alaba qozondi. Ertangi bahsda g'alaba qozongan jamoa deyarli keyingi bosqichga chiqadi. SHu bois yutish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Xitoy kuchli jamoa, o'yin oson bo'lmasligi aniq. Oldimizga qo'yilgan dastlabki maqsad guruh bosqichidan chiqish. Ertaga shu yo'ldagi muhim bahslardan biri bo'ladi", - deb gap boshladi Mirjalol Qosimov.
"Murabbiyimizning fikrlariga qo'shilaman. Osiyo Kubogidagi har bir ochko juda muhim hisoblanadi. SHu bois ertaga Xitoyni mag'lub etishga va keyingi bosqichga chiqishga harakat qilamiz", - deydi Odil Ahmedov.
- O'zbekiston terma jamoasining bir qator o'yinchilari Xitoy Superligasida faoliyat olib borishgan. Ular sizga terma jamoasi haqida qandaydir malumotlar berishdimi?
- Xitoyda o'ynagan va o'ynayotgan futbolchilar bilan gaplashib olganmiz. Xudo xohlasa ertaga bu o'z mevasini berishi kerak.
- Xitoy azaldan Olimpiadalarda yuqori o'rinlarni egallab kelishadi. Sport borasida bu davlat dunyoda eng kuchlilardan biri hisoblanadi. Qachonlardir Xitoy futbol borasida ham shunday kuchaya oladimi?
- To'g'risi ertaga nima bo'lishini men bilmayman. Xitoy terma jamoasi shundoq ham kuchli sanaladi.
- 2011 yilda Qatarda Avstraliyadan 0:6 hisobida mag'lub bo'lgansizlar. Agar bu musobaqada guruhdan chiqa olsanglar raqib sifatida aynan Avstraliya tushib qolishi mumkin...
Odil Ahmedov: - Oradan 4 yil o'tdi. Tarix bilan emas bugungi kun bilan yashaymiz. Agar guruhdan chiqa olsak Avstraliyaga qarshi o'ynayveramiz. Hech qaysi raqibdan cho'chimaymiz.
- Xitoy birinchi o'yinni Brisbenda o'tkazdi. Ikkinchi turni ham shu erda o'tkazadi. O'zbekiston esa Sidneydan Brisbenga ko'chib o'tdi. Bu muammo tug'dirmaydimi?
- Bu borada hech qanday muammo ko'rmayapman. Baribir ikkala jamoa bitta maydonda o'ynaydi.
- 4 yil oldin Qatarda Xitoyga qarshi o'ynab gol urgansiz. O'shandagi Xitoy terma jamoasini hozirgisi bilan taqqoslay olasizmi?
Odil Ahmedov: - To'g'ri Xitoyga qarshi o'ynab gol urganim yodimda. Lekin doimiy ravishda Xitoy futbolini kuzatib boravermayman. SHu bois o'sha jamoa bilan hozirgisini taqqoslay olmayman.
- Birinchi o'yindagi o'z harakatlaringizdan qoniqdingizmi?
Odil Ahmedov: - Doim birinchi o'yin og'ir bo'ladi. Navbatdagi o'yinlarda o'yinimizni kuchaytirib boraveramiz. Butun jamoa kuchli o'ynasa g'alabaga erishaveramiz.
- Xitoy termasi safida kimni alohida ajratib ko'rsata olasiz?
- Xitoyning 10-raqamida o'ynagan futbolchi markazda kuchli o'ynadi. Bundan tashqari ularning qanot himoyachilari ham kuchli. Birinchi o'yinda darvozabon ham yaxshi o'ynadi.
Narzulla Saydullaev
Brisben shahridan

Fikrlar