So’nggi yangiliklar

21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  4 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  15 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  10 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  6 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  2 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  6 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  2 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  4 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  10 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  10 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6

Mirjalol Qosimov: "Ozarbayjonga qarshi g'alaba uchun o'ynaymiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Ozarbayjonga qarshi g'alaba uchun o'ynaymiz"

Ozarbayjon – O'zbekiston uchrashuvidan oldin terma jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
“Ertaga ikki jamoa uchun ham muhim o'yin bo'ladi. Sababi Ozarbayjon Evro-2016 saralashiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Biz esa Osiyo o'yinlariga hozirlik ko'rayapmiz. O'ylaymanki ertaga ikkala jamoa ijrosidagi chiroyli futbol guvohi bo'lasiz”, - deb gap boshladi Qosimov.

- Ertaga Ozarbayjon terma jamoasi safida “Karabax” va “Neftchi Boku” klublaridan futbolchilar maydonga tusha olishmaydi. Bu sizning jamoaingiz uchun foydami?
- Yo'q bunday deb o'ylamiman. CHunki ertaga “Neftchi” va “Karabax” Evropa ligasi saralashida o'ynashadi. Ertangi o'yinda har ikki jamoaning ham o'z maqsadi bor va ikkala jamoa ham o'z vazifasi ustida ishlaydi. O'rtoqlik uchrashuvlarida yangi uyinchilarga ham ko'proq imkon berish kerak.



- Ozarbayjonni Evropa chempionati saralashidagi raqiblariga qanday baho berasiz?
- Ochig'ini aytaman raqiblarning barchasi kuchli jamoalar. Masalan, Norvegiya jismonan kuchli futbol ko'rsatadi. Italiya aqlli va guruh favoriti. Umuman barcha jamoalar o'z uslubiga ega.

- Ozarbayjonning o'yini qaysi jamoaga o'xshaydi?
- Ozarbayjon terma jamoasi o'z uslubiga ega va texnikaga ko'proq etibor beradi. AQSHga qarshi o'yinilarni ko'rdim garchi yutqazgan bo'lsangizda juda chiroyli va texnik o'yin namoyish etdingiz.

- Ertangi o'yinning natijasi siz uchun qanchalik muhim?
- Har qanday o'yinda ham g'alaba muhim sanaladi, ayniqsa terma jamoalar miqiyosida.

- Hozirgi Ozarbayjon safida qaysi futbolchini alohida ajratib ko'rsatgan bo'lar edingiz?
- AQSHga qarshi o'yinda tarkibdagi 7-raqamda o'ynagan futbolchi (Vagif Javadov) juda yaxshi harakat qildi. Aynan  

- Bokuga nechta futbolchi bilan keldingiz?
- Biz Ozarbayjonga 20 nafar futbolchi bilan keldik. Ularning aksariyati yoshlar. Oldimizda Osiyo o'yinlari turibdi. SHu bois ham barcha etibor aynan shu yoshlarga qaratilmoqda.

- So'nggi paytlarda terma jamoaga Bahodir Nasimovni chaqirmayapsiz. Bunga sabab nima?
- Aytganimdek hozirda Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayapmiz. Bundan tashqari u oxirgi oylarda o'yin amaliyotiga ega emas.

- Agar Ozarbayjon Osiyoda bo'lganida nimadan umid qilsa bo'lar edi?
- SHubhasiz Osiyoda yuqori pog'onalarda yurar edi. Fursatdan foydalanib Ozarbayjonga 2016 yil Franciyada bo'lib o'tadigan Evropa chempionatiga yo'l olishini tilab qolaman.


Abdurahmon Fozilov
Boku shahridan championat.asia uchun maxsus
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика