Mirjalol Qosimov: "Oldimizdagi ikki o'yin biz uchun juda kerak"
23 mar 2015 18:58
Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Oldimizdagi ikki o'yin biz uchun juda kerak"
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi mart oyining so'nggi kunlarida Janubiy Koreya va Yaponiyada ushbu davlat milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
SHu bois bugun terma jamoamiz Toshkentda yig'ildi va dastlabki mashg'ulotni o'tkazgani haqida xabar berdik.
Mashg'ulotlardan so'ng bosh murabbiy Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi:
- Ikkita o'rtoqlik uchrashuvidan oldin Toshkentda yig'ildik. Server Jeparov va Anzur Ismoilov Koreyaning o'zida jamoaga qo'shilishadi. "Nasaf" va "Olmaliq"dan chaqirilgan 4 nafar futbolchi ertaga ihtiyorimizga etib kelishadi.
- Aleksandr Merzlyakovning jarohati jiddiy emas. U safarga biz bilan birga ketadi. Vitaliy Denisovni bu safargi yig'inga chaqirmadik. Uning o'rnida Merzlyakovni sinab ko'ramiz.
- Koreya va Yaponiyaga qarshi o'yinlar biz uchun juda muhim. Sababi iyun oyida JCH-2018 saralashidagi ishtirokimizni boshlaymiz. Bundan keyin FIFA kunlari bo'lmaydi. SHu bois imkoniyatdan unumli foydalanib ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib olamiz.
- Abdukarim Muhamedovni yig'inga chaqirishga qaror qildim. Sababi u yosh va qobiliyatli posbon. Lekin bu degani ertaga maydonga tushadi degani emas, asta-sekin terma jamoa muhitiga o'rgatib boramiz. Masalan, Islom To'xtaxo'jaevni ham o'z vaqtida hech kim tanimagan. U oliy ligada o'ynamay turib termada debyut qilgan. Yoki bo'lmasa SHohruh Gadoevni olaylik. Yoshlarga ishonch bildirish vazifamiz. Ular esa mehnat qilishda davom etishlari lozim.
- Ertaga ertalab yana bir mashg'ulot o'tkazamiz. Kechqurun esa Janubiy Koreyaga uchib ketamiz.
Narzulla Saydullaev yozib oldi

Fikrlar