Shu bois bugun terma jamoamiz Toshkentda yig'ildi va dastlabki mashg'ulotni o'tkazgani haqida xabar berdik.
Mashg'ulotlardan so'ng bosh murabbiy Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi:
- Ikkita o'rtoqlik uchrashuvidan oldin Toshkentda yig'ildik. Server Jeparov va Anzur Ismoilov Koreyaning o'zida jamoaga qo'shilishadi. "Nasaf" va "Olmaliq"dan chaqirilgan 4 nafar futbolchi ertaga ihtiyorimizga yetib kelishadi.
- Aleksandr Merzlyakovning jarohati jiddiy emas. U safarga biz bilan birga ketadi. Vitaliy Denisovni bu safargi yig'inga chaqirmadik. Uning o'rnida Merzlyakovni sinab ko'ramiz.
- Koreya va Yaponiyaga qarshi o'yinlar biz uchun juda muhim. Sababi iyun oyida JCH-2018 saralashidagi ishtirokimizni boshlaymiz. Bundan keyin FIFA kunlari bo'lmaydi. Shu bois imkoniyatdan unumli foydalanib ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib olamiz.
- Abdukarim Muhamedovni yig'inga chaqirishga qaror qildim. Sababi u yosh va qobiliyatli posbon. Lekin bu degani ertaga maydonga tushadi degani emas, asta-sekin terma jamoa muhitiga o'rgatib boramiz. Masalan, Islom To'xtaxo'jaevni ham o'z vaqtida hech kim tanimagan. U oliy ligada o'ynamay turib termada debyut qilgan. Yoki bo'lmasa Shohruh Gadoevni olaylik. Yoshlarga ishonch bildirish vazifamiz. Ular esa mehnat qilishda davom etishlari lozim.
- Ertaga ertalab yana bir mashg'ulot o'tkazamiz. Kechqurun esa Janubiy Koreyaga uchib ketamiz.
Narzulla Saydullaev yozib oldi