So’nggi yangiliklar

02:47Йўқ, бу амалга ошмади: ота-ўғил Янглар бир-бирига қарши ўйнамади  0 01:58Испания Суперкубоги финалида "Эл Класико" кўрамиз!  12 01:52Эксклюзив: "Манчестер Сити" "Ланс"га расмий таклиф билан чиқди, Ҳусановнинг нархи янада ошди  33 01:26Неймар "Ал Ҳилол"га қимматга тушди  3 01:00Расман: Амад Диалло шартномани узайтирди  1 00:35Улар яна бирга бўлишади: Каземиро Саудия томон йўл олмоқда  2 00:12Роналду фаолиятидаги 917-голини урган ўйинда "Ал Насср" иродали ғалаба қайд этди  4 23:58Англия Кубоги: "Эвертон" - "Питерборо" ўйинида ота ва ўғил бир-бирига қарши ўйнайдими?  1 23:27Расман: АПЛ клуби ўйин куни бош мураббийни истеъфога чиқарди  0 23:13"Бухоро" мавсумни қайси стадионда бошлаши аниқ бўлди  3 23:06Испания Суперкубоги. "Реал" - "Мальорка" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 22:50"Барселона": Шкафлар сотилади  11 22:33"Астон Вилла" 150 йиллик юбилейига атаб либос тақдим қилди  0 22:09Ўзбекистон аёллар терма жамоаси футзалда Хитойдан устун келди  2 21:50"Милан"нинг қишки трансферлар ойнаси вақтидаги асосий мақсади ким бўлади?  1

Mirjalol Qosimov: “Menga yaxshi futbolchi topib beringlar, musobaqaga olib boraman” Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: “Menga yaxshi futbolchi topib beringlar, musobaqaga olib boraman”

Kecha “Paxtakor” markaziy stadionida Osiyo o'yinlari musobaqasida ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasi “Paxtakor”ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib, 6:0 hisobida g'alaba qozondi.
O'yindan keyin terma jamoamiz ustozi Mirjalol Qosimovdan intervyu oldik.

-   Mirjalol aka, o'yinda yirik hisob qayd etildi. Jamoa “Paxtakor”ga qarshi boshqacha tayyorgarlik ko'rdimi?
-   Bugungi o'yinni qo'shib hisoblaganda oliy liga klublariga qarshi uchta uchrashuv o'tkazdik va uchalasiga ham bir xil munosabatda bo'ldik. Bu rasmiy o'yin emas, biz Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'ryapmiz, shu bois har bir o'rtoqlik uchrashuvida futbolchilar o'zlarini ko'rsatishga harakat qilmoqda. Futbolda har bir jamoa o'z oldiga maqsad qo'ygan holda ish olib boradi. Bizning maqsadimiz yaxshi tayyorgarlik ko'rib, Inchxondagi musobaqada munosib ishtirok etish. O'z navbatida “Paxtakor” ham ikkinchi davraga hozirlik ko'rmoqda. Ularning ham o'ziga yarasha rejalari bor.

-   6:0 hisobi terma jamoaning kuchayyotganidan darak beradimi?
-   Toki rasmiy o'yin o'tkazmas ekanmiz, bu borada hech narsa deya olmayman. Bizga qarshi “Paxtakor”dan Boyan Miladinovich, Anvar Soliev kabi tajribali futbolchilar harakat qilmadi. Balki ular o'ynaganda hisob bunchalik yirik bo'lmasmidi. “Paxtakor” ikkinchi taymda bir nechta yoshlarni maydonga tushirdi va ular tezda o'yinga qovushib keta olishmadi. O'z navbatida ularning bazi futbolchilari terma jamoa safida to'p tepishdi.

-   Oldingi ikkita uchrashuvda birinchi taymdan so'ng tarkibni to'liq yangilangan edingiz. Lekin bu safar bunday qilmadingiz?
-   “Olmaliq”qa qarshi nazorat bahsi aslida dushanba kuni o'tkazilishi kerak edi, biroq shu kuni hayit bayrami bo'lgani uchun o'yin yakshanbaga ko'chirildi. SHundan kelib chiqib bitta tarkibni to'liq o'ynatishga harakat qildim. “Olmaliq” bilan esa boshqalar to'p tepadi. Lekin asosiy sababi shundaki, yig'in boshlanmasidan oldin men reja tuzib qo'ygandim: to'rtta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz va shundan dastlabki ikkitasida futbolchilar bir taym-bir taymdan o'ynashadi. Oxirgi ikkita o'yinda esa asosan bir tarkib harakat qiladi.

-   Osiyo o'yinlariga yoshi 23dan katta uch nafar futbolchini olib ketishingiz mumkin. Lekin o'zimizning oliy ligada nomzodlar bormikin?
-   To'g'risini aytsam, men ham shu haqda o'ylab yuribman. Musobaqa bo'lib o'tadigan kunlar FIFA sanasiga to'g'ri kelmaydi, shu bois legionerlar varianti o'xshamasligi mumkin. Natijada o'zimizning oliy ligadan futbolchi olishimizga to'g'ri keladi. Ammo munosib o'yinchilardan kim bor? Bu savol esa jiddiy o'ylantirishga majbur qiladi. Lekin baribir yoshi katta futbolchilardan uchtasini olib ketishimiz zarur. Menga yaxshi futbolchi topib beringlar, musobaqaga olib boraman.

Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика