So’nggi yangiliklar

11:32"Реал" сотиб юборган футболчисини қайта харид қилиши мумкин  4 11:15"Бухоро" футболчилари "Динамо"га қарши ўйин ҳақида қандай фикрлар билдиришди?  0 11:05Sofascore. "Ал Файха" ғалаба қозонган баҳсда Шукуров қандай баҳо олди?  0 10:38“Реал Мадрид“ ПСЖнинг етакчиларидан бирини сотиб олмоқчи  12 10:10Финалда мағлуб бўлган Гвардиола ўйин ҳақида нималар деди?  10 09:41Захирадан майдонга тушганлар ўйин тақдирини ҳал қилган "Бухоро" - "Динамо" учрашувидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 09:41Элдор Мойлиев: «Ғалабани мухлисларга бағишлаймиз»  3 08:44Максим Шацких «Андижон»даги дебют учрашувидан сўнг нималар деди?  18 08:13Пролига. Бугун 2-даврага старт берилади  1 07:40Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб ўйин бор  5 06:00Суперлига. Тошкентдаги чангли ўйинда дуранг қайд этилди. "Қўқон-1912" ўз майдонида, "Андижон" эса сафарда мағлубиятга учради  0 01:55Лига 1. Хвичанинг дубли ПСЖга "Осер" устидан ғалабани тақдим этди  2 01:14"Ливерпуль" янги битимни эълон қилди  4 00:47Баҳром Ҳайдаров: "Иккита мағлубиятдан сўнг фожиа ясаш нотўғри"  3 00:45Гвардиола мавсумда 16 та ўйинда мағлуб бўлди. "Ман Сити" устози фаолиятидаги антирекордни янгилади  12

Mirjalol Qosimov: "Menga oxirigacha kurashadigan futbolchi kerak" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Menga oxirigacha kurashadigan futbolchi kerak"

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Eronga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

Natija bunday bo'lishini kutmagandik. Bu o'rtoqlik o'yini edi. Eron terma jamoasi kuchli jamoa hisoblanadi. SHunga qaramay, o'yin davomida futbolchilar bir birini tushunib harakat qilishdi. Albatta, o'yin so'nggida o'tkazib yuborgan golimiz muxlislarimizni ranjitdi.


Ikrom Aliboev to'g'risidagi fikrlaringiz...

Bugun uning debyut o'yinida g'alaba bo'lishini istagandik. Ammo... Uning birinchi o'yini barchada iliq taassurot qoldirdi. Uning kurashuvchanligi, yakkakurashlarda o'zini olib qochmasligi futbolchi uchun muhim narsa. U shu tarzda davom etishi lozim. 

O'yinning belgilangan vaqtiga qanday qaraysiz?

Bu o'yinning boshlanish vaqti biz uchun ham mos edi.

Eron ochilgani yo'q va ular ikkinchi raqam ostida harakat qilishdi. Oldingi chiziqda juda yaxshi futbolchilari bor. Qarshi hujumlarda faol bo'lishdi. 


Sanjar SHoahmedovning o'yini va yoshlar o'rtasidagi JCHda ishtirok etayotgan futbolchilarimiz haqida fikrlaringiz...

SHoahmedov haqiqatdan ham bu yil o'zini ko'rsatmoqda. Lekin, bir narsani esdan chiqarish kerak emas. Futbolda 11 kishi harakat qiladi. Jamoaning yangilanishi ham asta sekinlik bilan bo'lishi lozim. 

JCHdagi yoshlar yaxshi harakat qilishmoqda. Lekin, yoshlar va kattalar o'rtasida farq bor. Ular MTJ uchun hali o'zlarini har tomonlama ko'rsatishlari kerak. Ushbu terma jamoada kelajagi porloq futbolchilar bor. 

Futbolchilar shuningdek milliy chempionatda o'zlarini ko'rsatishlari lozim.


Hujumchini nimaga qarab chaqirasiz? Statistikaga qarabmi yoki o'yiniga qarab? Masalan, Geynrix, Abduxoliqov kabi futbolchilar bor...

Abduholiqov yaxshi futbolchi. Menga Sergeev, Nasimov kabi futbolchilarning harakati maqul kelmoqda. Ularning statistikasiga qarab emas, o'yiniga qarab taklif qilaman. Menga oxirigacha kurashadigan futbolchi kerak. Men shu omilga qarab futbolchi tanlayman. Hozir hamma futbol o'ynashni biladi. Bugun masalan Filippin ham g'alaba qozondi. Ularning o'yinlarini ham ko'rib chiqdik.


SHimoliy Koreyani o'rganish qay tarzda ketmoqda?

Ularni to'g'ri tushunish kerak. Koreyaliklarga qarshi o'yin doim qiyin bo'ladi. Bugungi o'yinning foydasi tegadi deb o'ylayman keyingi o'yinda. Maqsadimiz, o'sha o'yinda g'alaba qozonish. 


Aziz To'xtamurodov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика