So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  1 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  2 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Mirjalol Qosimov: "Maltaning taklifini qabul qila olmadik" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Maltaning taklifini qabul qila olmadik"

SHanba kuni BAAdagi ikki haftalik o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunlab Toshentga qaytib kelgan “Bunyodkor” jamoasi, bugun erta tongda so'nggi xorij yig'inini o'tkazish maqsadida Turkiyaga jo'nab ketdi.
Antaliyadagi ikki haftalik yig'in OCHL-2014 hamda yangi mavsum oldidan so'nggi tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi. BAAda bo'lgani singari Turkiya yig'inida ham bir nechta nazorat o'yinlari o'tkazish rejalashtirilgan. Amirliklardan farqli ravishda Turkiyada jami 6ta o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etiladi. Eslatib o'tamiz, “qaldirg'ochlar”ga BAAda Rossiyaning bir yo'la uchta jamoasi - “Rostov”, “Dinamo” va “Spartak” sparring raqib vazifasini o'tab bergandi. Biz Turkiya safari oldidan amaldagi mamlakat chempionlari bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovdan intervyu oldik.

- Mirjalol aka, BAA yig'inidan ko'nglingiz to'ldimi? Yig'in uchun mo'ljallangan barcha rejalaringiz amalga oshdimi?
- Ha, albatta. Juda yaxshi sharoitda yig'inni o'tkazdik. Oltinchi yildirki, aynan Dubay shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inimizni tashkil etib kelamiz. Bu yil ham ananaga sodiq qoldik. Bizdan tashqari, “Zenit”, “Spartak”, “Dinamo”, “Rostov”, “SHaxtyor”, “Metallist”, “Brondbyu” singari ko'zga ko'ringan klublar aynan shu erda o'z yig'inlarini o'tkazishdi. Yaxshi sparring raqiblar bilan o'ynadik. Ikki hafta davomida OCHL va milliy chempionatimiz o'yinlariga tayyorgarlik ko'rdik. Malumki, o'tgan yilgi mavsumdan keyin asosiy tarkibning deyarli 60-70 foiz o'yinchilari boshqa klublarga o'tib ketishdi. Jamoani tark etgan Ignatiy Nesterov, Anvar G'ofurov, Artyom Filiposyan, Jasur Hasanov, Lutfulla To'raev, Igor Taran singari futbolchilarning o'rnini to'ldirish uchun taklif etilgan o'yinchilarni pishitib olish uchun bu yig'in va o'yinlarning ahamiyati juda yuqori edi. BAA yig'inida asosiy urg'uni aynan shunga qaratdik. Faqat “Spartak” bilan o'yin kuni mashg'ulot o'tkazmadik. CHunki, o'sha kuni “Spartak” bilan o'yin o'tkazish uchun Dubaydan Abu-Dabi shahriga borishimizga to'g'ri keldi. Qolgan kunlari esa futbolchilar kuniga ikki mahaldan kuchaytirilgan rejimdagi mashg'ulotlarda ishtirok etishdi.
- “Spartak” bilan bo'lib o'tgan o'yinning birinchi bo'limi shogirdlaringizning ustunligida o'tibdi. Lekin bir nechta golga tortadigan vaziyatlardan foydalana olmabsizlar...
- Haqiqatan ham, “Spartak” bilan o'yinning birinchi bo'limida Vohid SHodiev, Aleksandr Pishur, Alibobo Rahmatullaevlarda darvozani ishg'ol qilish uchun yaqqol vaziyatlar bo'ldi. Ayniqsa, Vohid darvozabon bilan birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. Futbolchilarimizga sovuqqonlik etishmadi. Sen urmasang, senga urishadi, deyishadiku. Bu o'yinda ham shunday bo'ldi. Ikkinchi bo'limda “Spartak”ning bir necha asosiy tarkib futbolchilari maydonga tushirilgach, tashabbus moskvaliklar tarafiga o'tdi. Araz Ozbilis tomonidan kiritilgan gol juda chiroyli chiqdi. Mahorat va saviya baribir bilinib qoldi. Tan olish kerak, “Spartak” tarkibidagi futbolchilar mahorat bobida ustunlikka ega bo'lishdi. Tarkibidagi bazi o'yinchilar oyiga 150 ming, oddiyroq futbolchilari ham 30 ming evrodan kam maosh olmas ekan. O'yindan keyin do'stim Valeriy Karpin bilan ancha gaplashdik. O'zimiz bir paytlar Rossiya chempionatida o'ynagan davrlarimizni esladik. Valera jamoamiz, qolaversa futbolimiz haqida iliq fikrlarni bildirdi.
- Yangi qo'shilgan futbolchilar jamoa o'yiniga qo'shilib keta olishdimi?
- Buning uchun vaqt kerak. Bu qisqa fursatda bo'ladigan narsa emas. Futbolchilar boshqa muhitdan yangisiga ko'chib o'tishdi. Tabiiyki, mashg'ulotlar ham, munosabat ham o'zgardi. Lekin umumiy olganda, yigitlar yomon taassurot qoldirishmayapti. Vohid “Rostov” bilan o'yinda darvozani ishg'ol qildi. SHukurali Po'latov haqida ham ijobiy fikr bildira olaman. Jahongir Jiyamurodov jarohati sabab o'tgan mavsumni deyarli o'tkazib yuborgandi. Unga avvalgi sport formasini tiklab olishi uchun ko'proq o'yin amaliyotini berish kerak. Turkiya yig'inida nazorat o'yinlarimiz ko'proq bo'ladi. BAAdagi kuniga ikki mahaldan o'tkazilgan mashg'ulotlarda futbolchilarga kuchli yuklamalar berildi. SHu boisdan, nazorat o'yinlarining natijasiga unchalik etibor qaratmadim.  
- Ukrainalik Sergey Simonenkoning harakatlarini qanday baholaysiz?
- Juda yaxshi. Bejizga Ukraina terma jamoasida o'ynamagan ekan. Himoya chizig'ida ishonch bilan o'ynashi, tez fikrlashi, to'pni o'zidan soqit qilish maqsadida duch kelgan joyga tepib yubormaslik, aksinchi hujumni boshlash xislatlari menga maqul keldi. Himoyachilarga xos barcha xususiyatlar mujassam. Tajribali himoyachimiz Xayrulla Karimov ham birinchi o'yinidan keyinoq menga Sergey haqida iliq fikrlarni aytgandi.  
- Simonenkoning agenti Sefer Alibaev Ukraina matbuotiga bergan intervyusida mijozining “Bunyodkor” bilan deyarli kelishuvga erishganini aytgan. Yangi mavsumda “Bunyodkor” tarkibida ukrainalik futbolchilar ikki nafarni tashkil etadi, deb xisoblayversak bo'ladimi?
- SHunga yaqinroq desa ham bo'ladi. Simonenko o'zidan juda yaxshi taassurot qoldirdi. Evropada o'ynagani shundoqqina ko'rinib turibdi. Oldinda hali  Turkiyadagi yig'inimiz ham bor. Antaliyada 6ta nazorat uchrashuvi o'tkazamiz. 6 fevral kuni Polshaning “Yagelloniya”, 9-da Bolgariyaning ikki klubi “Bansko” va “Lokomotiv”, 13-sanada Belorusning “Torpedo” va Ukrainaning “Ilichevec” jamoalari bilan maydonga tushamiz. Yig'inni Qozog'istonning “SHaxtyor” klubiga qarshi o'yin bilan yakunlaymiz. Mana shu o'yinlarda yangi futbolchilarga ko'proq o'yin amaliyoti beramiz. CHunki, bu so'nggi yig'in. U yog'iga OCHL guruh bosqichining ilk o'yiniga ham bir hafta vaqt qoladi.  
- “Bunyodkor”da maslahatchi murabbiy vazifasini bajarayotgan Yuriy Sarkisyan ishga kirishib ketdimi?
- Yuriy Vazgenovich BAAdagi yig'inimizga biroz kechroq qo'shildilar. Bu mutaxassisga ortiqcha baho berish shart bo'lmasa emas. O'zbek futboliga qo'shgan xissalarini hamma biladi. Bekorga murabbiylar shtabi bo'lmaydi. Men hamma narsaga bir o'zim ulgurmayman. Hamma narsani ko'ra olmayman. Bu vaziyatda Yuriy Sarkisyan, Hikmat Ergashev, Murod Otajonovlar asqotishadi.
- Sizda yana bir nafardan xorijlik va osiyolik legioner olish imkoniyati bor. Legionerlar uchun qo'yilgan limitdan to'liq foydalanasizmi?
- Yaponiyalik futbolchini taklif qilishgandi. Lekin biz sondan ko'ra sifatga etibor qaratmoqchimiz. Ro'yxatimizda xorijlik futbolchilar ham bor. Balki, Turkiyada ko'rikdan o'tkazarmiz. Masalan, Pishurni bir yilga yaqinroq vaqt mobaynida kuzatib borganmiz. Xulosa chiqarishga shoshilmaymiz. Keyin insoniy xislatlariga ham etibor beramiz.
- Terma jamoa mavzusida savol bermoqchi edim. BAAga qarshi kechadigan Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichining so'nggi o'yiniga ham bir oy vaqt qoldi. Eshitishimga qaraganda, Malta terma jamoasi 2 mart kuni Toshkentga kelishga rozilik beribdi. SHu rostmi?
- Ha, bu malumotni tasliqlayman. Lekin biz 2 mart kuni o'yin o'tkaza olmaymiz. CHunki, BAA bilan o'yingacha orada ikki kun vaqt qoladi. Mavsumning boshi bo'lgani uchun futbolchilar hali uch kun oralig'ida ikkita o'yin o'tkazishga funkcional jihatdan tayyor bo'lmaydilar. Biz 1 mart kuni o'ynashga rozilik bergandik.
- Demak, bundan chiqdi 1 mart kuni Toshkentda o'yin o'tkazilmas ekanda?
- Afsuski, shunday bo'lishga yaqin turibdi. Kuchsizroq jamoa bilan o'yin o'tkazsak ham yaxshi edi.
- Terma jamoaga nomzod futbolchilar OCHLning 1-turidan keyin yig'iladimi?
- Reja bo'yicha, 27 fevral kunidan Toshkentda yig'in boshlanadi. Umid qilamizki, “Lokomotiv” va “Nasaf” jamoalari pley-off o'yinlarini muvaffaqiyatli o'tkazib, OCHLning guruh bosqichiga chiqishadi. SHunday blgan taqdirda, bu jamoalarimiz 1-tur uchrashuvini 26 fevral kuni o'tkazishadi. Fursatdan foydalanib, har ikki klubimizga ham omad tilayman. Guruhdan qancha ko'p jamoaga ega bo'lsak, bu keyingi mavsum uchun o'rinlar taqsimotida juda muhim rol o'ynaydi.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика